1,2 milliard dollar. “Qasoskorlar. Yakun” filmi dastlabki ikki kunda shuncha mablag‘ to‘pladi
"Qasoskorlar. Yakun” filmining premeradan keyingi namoyishi rekord natijalar bilan boshlandi.
"Qasoskorlar. Yakun” filmining premeradan keyingi namoyishi rekord natijalar bilan boshlandi. Superqahramonlar haqidagi hikoyalarning yakuniy qismi ilk dam olish kunlarida dunyo kinoteatrlarida 1,2 milliard dollar jamg‘argan.
www.vesti.runing aniqlik kiritishicha, mazkur mablag‘ning 350 million dollari AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu borada Xitoy ikkinchi o‘rinda, chin yurtida "Qasoskorlar. Yakun" filmi namoyishidan o‘tgan dam olish kunlarida 107,2 million dollar ishlab topilgan.
“Qasoskorlar. Yakun” – Marvel kinostudiyasining 22ta film davomida rivojlantirib kelgan kinovoqealarining kulminatsiyasidir.