Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sevinch” taxtdan tushdi
11:36 / 2018-11-10

Futbol boʻyicha ayollar jamoalari oʻrtasidagi mamlakat chempionati ham oxiriga yetay, deb qoldi


Futbol boʻyicha ayollar jamoalari oʻrtasidagi mamlakat chempionati ham oxiriga yetay, deb qoldi.

Kecha boʻlib oʻtgan 27-turda turnir peshqadami Qarshining “Sevinch” jamoasi poytaxtda “Bunyodkor W” mehmoni boʻldi va ilk bor magʻlubiyat alamini totib koʻrdi: “Bunyodkor W”-“Sevinch” 1:0. Natijada poytaxtliklar 25 oʻyindan 72 ochko toʻplagan holda karvonboshilik qilmoqda. Qarshilik qizlar esa 70 ochko bilan 2-oʻringa tushib qoldi.

Chempionatda 3-oʻrin egasi ham bu turda maʼlum boʻldi: Bekobodning “Metallurg W” klubi Gʻuzorning “Shoʻrtan Lady” qizlarini 2:1 hisobida magʻlub etib, oldindan bronza medaliga ega chiqdi. Toshkent viloyati qizlari shu kungacha 62 ochko toʻplashgan.

Ayollar chempionatida qaysi jamoa 1-oʻrinni egallashi esa navbatdagi tur, 12 noyabrda maʼlum boʻladi.

Ayollar-futboli (4).JPG

Ayollar-futboli (5).JPG

Ayollar-futboli (6).JPG