French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Respublikamiz bozorlarida narx- navo qanday?
12:50 / 2020-08-19

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublikamiz bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishda davom etmoqda.


Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublikamiz bozorlaridagi narx-navoni oʻrganishda davom etmoqda. 

17-avgust holatiga koʻra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarining narx-navolari bilan tanishing. Eng arzon va qimmat narxlarda. 

Tibbiy niqob - Andijon va Namangan viloyatida 1000 soʻmdan, Toshkent shahrida 6 ming soʻm. 

Antiseptik gel - Andijonda 700 soʻm boʻlsa, Toshkent viloyatida 10 ming soʻmgacha. 

Mahalliy un birinchi navi - Toshkent viloyatida 1700 soʻm, Toshkent shahrida 6500 soʻmni tashkil etmoqda. 

Qolipli non - Qoraqalpogʻiston va Andijon viloyatlarida 1250 soʻm, Navoiy, Namangan, Toshkent viloyatida 2 ming soʻm. 

Makaron - Qoraqalpogʻistonda 2500 soʻm, Buxoro viloyatida 19 ming soʻm. 

Shakar - Andijon viloyatida 4 ming soʻm, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming soʻm. 

Oʻsimlik yogʻi - Namangan viloyatida 9 ming boʻlsa, Buxoroda 14 ming soʻm. 

Xoʻjalik sovuni - Fargʻonada 1000 soʻm, Buxoroda 500 soʻm. 

Tuxum - Qoraqalpogʻiston va Andijonda 500 soʻm, Toshkent shahrida 1100 soʻm. 

Mol goʻshti - Qashqadaryo viloyatida 40 ming soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 70 ming soʻm. 

Qoʻy goʻshtni - oʻrtacha hisobda Toshkent shahrida 39 mingdan 70 ming soʻmgacha. 

Tovuq goʻshti - Andijon viloyatida 11 ming soʻm, Toshkent shahrida 24 ming soʻm. 

Guruch - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming soʻmdan, Toshkent shahrida 14500 soʻmdan. 

Kartoshka - Surxondaryo viloyatida 2 ming soʻm, Toshkent viloyatida 5000 soʻm. 

Piyoz - Surxondaryoda 500 soʻm, Toshkent viloyatida 2500 soʻm. 

Sabzi - Surxondaryoda 800 soʻm, Toshkent shahrida 3 ming soʻmgacha. 

Sarimsoq piyoz - Qashqadaryoda 10 ming soʻm, Toshkent viloyatida 11 mingdan sotilgan boʻlsa, Samarqand viloyatida 70 ming soʻmgacha sotilmoqda. 

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini 
himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 
matbuot xizmati