Energetika xavfsizligi bugun dunyoning barcha davlatlari kabi mamlakatimiz uchun ham milliy xavfsizlikning eng dolzarb yo‘nalishiga aylandi.
So‘nggi yillarda, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan milliy energetika tizimi tubdan isloh qilinib, bu yo‘lda barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda, katta mablag‘ va boshqa resurslar jalb etilmoqda.
Ma’lumki, Respublika shtabi tomonidan mutasaddi vazirlik, idoralarning malakali xodimlari hamda oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilaridan iborat tarkibda murabbiylar jamoasi shakllantirilgan. Ular tomonidan yoqilg‘i-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Termiz shahridagi hududiy hamda tuman-shahar shtablari a’zolari uchun “Yoqilg‘i-energetika sohasida davlat nazoratini takomillashtirish masalalari” mavzusida sayyor seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Seminarda sohaning malakali mutaxassislari hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan hududiy va tuman-shahar shtablari ishini to‘g‘ri tashkil etish, faoliyatini muvofiqlashtirib borish, energiya resurslarini iqtisod qilish, texnologik yo‘qotishlarni oldini olish, energiya resurslarini talon-toroj qilish holatlarini fosh etish va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/2FbhWlBX7Ds" title="Yoqilgʻi-energetika sohasida davlat nazoratini takomillashtirish masalasi muhokama etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA