Velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi vakili Yanina Kuskova UCI toifasidagi “Tour El Salvador” nufuzli xalqaro ko‘p kunlik professional poyganing ikkinchi bosqichida ishtirok etdi.

Mazkur poygalar yakuniga ko‘ra, Yanina Kuskova marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va velosport bo‘yicha milliy terma jamoamiz uchun ikki bosqich tasnifida 78 UCI reyting ochkosini qo‘lga kiritdi. Hali oldinda poyganing bir necha bosqichlari bor.

Eslatib o‘tamiz, velosportning shosse yo‘nalishida erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi Nikita Svetkov UCI reyting ochkolarini beruvchi, 2.1 tasnifidagi “Tour of Thailand” ko‘p kunlik xalqaro velopoygasining 4-bosqichida 3-o‘rindan joy olgan edi.

Javohir Toshxo‘ajev, O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yanina Kuskova xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi