Inson hayotida sog‘lik — eng ulug‘ ne’mat. Shu bois tibbiyot sohasiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas. Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan mamlakatimizda bu soha rivojiga qaratilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar va kelgusi maqsadlarni tahlil etish ayni vaqtda juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sog‘liqni saqlash tizimi faqat shifokorlar faoliyati bilan cheklanib qolmay, balki butun jamiyat hayoti, xalq farovonligi va kelajak avlod salomatligi bilan chambarchas bog‘liq. Prezidentimiz rahnamoligida so‘nggi yillarda tibbiyot sohasi jahon standartlari darajasiga ko‘tarish, xalq uchun sifatli va shaffof tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘nalishida ulkan islohotlar amalga oshirildi.

“Inson qadri uchun” tamoyili sog‘liqni saqlash sohasida ham asosiy yo‘nalish sifatida belgilangan. Ushbu tamoyilga muvofiq, tibbiy xizmatlarni aholi xonadonlarigacha yetkazish, har bir fuqaroga kafolatlangan tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Sog‘liqni saqlash tizimining muhim yo‘nalishlaridan biri — onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishdir. 2017 yildan buyon onalar o‘limi 21 promilledan 11 promillegacha, go‘daklar o‘limi esa 11,5 promilledan 7,8 promillegacha kamaydi. Bu ko‘rsatkichlar sohadagi islohotlarning amaliy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.

Shu bilan birga, sohaga ajratilayotgan davlat mablag‘lari miqdori ham keskin oshgan. Agar 2016 yilda tibbiyot sohasiga 5 trillion so‘m yo‘naltirilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 42 trillion so‘mga yetdi. Bu esa sog‘liqni saqlashni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilashning amaliy ifodasidir.

Jahon amaliyotiga mos birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining yangi modeli joriy etilmoqda. Hozirgi kunda ushbu tizim 15 ta hududda tajriba tariqasida amalga oshirilmoqda. Natijalar ijobiy bo‘lgani sababli, 2026 yildan boshlab Samarqand viloyatining barcha tuman va shaharlarida to‘liq joriy etilishi rejalashtirilgan. Bu islohotlar aholining barcha qatlamlariga tez, sifatli va qulay tibbiy yordam ko‘rsatish imkonini yaratadi.

Hozirgi paytda tibbiyot sohasiga raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt jadal ravishda kirib kelmoqda. Ilk bor davlat tibbiyot muassasalarida robot texnologiyalari joriy etildi. Sun’iy intellekt asosida bajarilayotgan tekshiruv va muolajalar soni 50 taga yaqinlashgan.

Shuningdek, DMED yagona elektron axborot tizimi ishga tushirilib, unga 36 milliondan ortiq fuqarolarning tibbiy ma’lumotlari kiritildi. Bu tizim shifokorlar faoliyatida aniqlik va tezkorlikni oshirish, bemorlar uchun qulay muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida maxsus Raqamli sog‘liqni saqlash markazi tashkil etilgani ham sohada raqamlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirmoqda.

2017 yildan buyon tibbiyot oliygohlariga qabul 4,5 barobarga oshdi. Sohada kadrlar tayyorlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi: uchta oliy o‘quv yurti negizida Toshkent davlat tibbiyot universiteti tashkil etildi, Urganch davlat tibbiyot instituti faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro “Times Higher Education” reytingida munosib o‘rin egalladi. Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan tibbiyot oliygohlari soni hozirda 8 taga yetdi.

2025 yil davomida 300 ga yaqin mutaxassislar rivojlangan xorijiy davlatlarda malaka oshirib qaytdi. Bu tajriba almashinuvi soha salohiyatini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Islohotlarning amaliy natijalari xalq hayotida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Masalan, onalar va bolalar o‘limi darajasi keskin kamaydi, aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 73,8 yoshdan 75,1 yoshga ko‘tarildi. Tez tibbiy yordam xizmatida elektron boshqaruv tizimi joriy qilinib, chaqiriqlarga yetib borish vaqti sezilarli qisqardi. Bu natijalar sohadagi samaradorlikni tasdiqlab, xalq ishonchini yanada mustahkamlamoqda.

O‘zbekistonda tibbiyot tizimini takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar — inson qadrini ulug‘lash, uning hayoti va salomatligini davlat siyosati markaziga qo‘yishning amaliy ifodasidir.

Yuqorida keltirilgan natijalar soha taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilganini ko‘rsatadi. Bu jarayonda eng muhim omil — soha xodimlarining mehnati, sadoqati va mas’uliyatidir. Shuning uchun tibbiyot xodimlariga bo‘lgan yuksak e’tibor va e’tirof nafaqat davlat siyosati, balki jamiyatning ma’naviy ehtiyojiga aylandi.

Kelgusida tibbiyotni yanada rivojlantirish, jahon tajribasini keng joriy etish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish va sog‘lom turmush tarzini hayot me’yoriga aylantirish mamlakatimiz fuqarolarining salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Sog‘lom xalq — yurt taraqqiyotining poydevori, tibbiyot xodimi esa bu taraqqiyotning eng muhim quvvatidir.

Dildora Do‘smatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yangi O‘zbekistonda tibbiyot tizimi rivojining yangi bosqichi