
Sirdaryo viloyatidagi "Toza hudud" davlat korxonasiga 5 dona yangi “ISUZU” rusumli maxsus chiqindi tashuvchi avtotransport vositasi olib kelindi. Bu yangi texnikalar o‘zining yuk tashish hajmining kattaligi, zamon talablariga mos salon jihozlari va haydovchi uchun qulay sharoitlari orqali avvalgi texnikalardan farq qiladi.
Yangi texnikalar va xizmat ko‘rsatish tartibining takomillashtirilishi aholiga sifatli chiqindi tashish xizmati ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Qayd etish joizki, hozirgi kunda "Toza hudud" davlat korxonasi Sirdaryo viloyati aholisining 74 foiziga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Yangi ajratilgan maxsus texnikalar hisobidan yana 40 mingga yaqin fuqarolarga xizmat ko‘rsatish imkoni yaratildi va endi aholi qamrovi 79 foizga yetadi.

Shu bilan birga, ushbu tadbirlar Sirdaryo viloyatining atrof-muhit holatini yaxshilash va aholiga yuqori sifatdagi xizmatlarni taqdim etishga xizmat qiladi.
G‘ulom Primov,
O‘zA muxbiri