Toshkent viloyati IIBB va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida hudud bo‘yicha “Xavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazilmoqda.

Jumladan, giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi kurashishda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida 266 ta holat aniqlanib, jami 123,8 kilogramm giyohvand va psixotrop moddalar noqonuniy muomaladan chiqarildi. Bu orqali minglab insonlarning ushbu zararli moddalar bilan zaharlanishining oldi olindi.

Xususan, 12 fevral kuni Chinoz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qashqadaryo viloyatida yashovchi, 1993 yili tug‘ilgan shaxs 398 gramm gashish giyohvandlik vositasini avtomashinada yashirincha olib ketayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shu kabi, qidiruvdagi shaxslarni aniqlash bo‘yicha sud va tergov organlaridan yashiringan hamda boshqa sabablar bilan qidiruvda bo‘lgan 168 nafar shaxs qo‘lga olindi. Shulardan 6 nafari xorijiy davlatlardan ekstraditsiya qilindi. Bundan tashqari, 65 nafar bedarak yo‘qolgan shaxs topildi.

Odam savdosiga qarshi o‘tkazilgan tadbirlarda esa ayol va qizlarni shahvoniy maqsadda O‘zbekiston tashqarisiga olib chiqmoqchi bo‘lgan 8 nafar shaxs daliliy ashyolar bilan ushlandi. Natijada 5 nafar ayol odam savdosi qurboniga aylanishining oldi olindi. Xususan, 2006 yili tug‘ilgan qizni Turkiyaga noqonuniy ravishda olib chiqmoqchi bo‘lgan Olmaliq shahrida yashovchi 1998 yili tug‘ilgan ayol Toshkent xalqaro aeroportida qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, axloq va sog‘liqqa qarshi jinoyatlar bilan kurashish yo‘nalishida orttirilgan immun tanqisligi sindromi(OITS)ni tarqatish bilan bog‘liq 13 ta holat aniqlanib, ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy huquqiy chora ko‘rildi. Natijada, ushbu shaxslarning boshqa fuqarolarga infeksiya yuqtirishiga chek qo‘yildi. Shuningdek, tadbir davomida qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxonada saqlash bilan bog‘liq 85 ta, fohishalik bilan shug‘ullanish bo‘yicha esa 16 ta holat fosh etilib, barchasiga nisbatan tegishli tartibda qonun ustuvorligi ta’minlandi.

Shu kabi, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida noqonuniy qurol saqlash, tovlamachilik va qimorxona tashkil qilish bilan bog‘liq 27 ta jinoiy holat aniqlandi. Barcha gumonlanuvchilarga nisbatan qonunchilikka muvofiq choralar ko‘rildi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va yurt osoyishtaligini mustahkamlash maqsadida bu kabi chora-tadbirlar izchil davom etmoqda.

A.Musayev, O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xavfsiz hudud: jinoiy holatlarga chek qo‘yilmoqda