Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida ta’kidlandi.
– Issiqlik stansiyalari, hududiy elektr tarmoqlari, avtoyo‘llar, qishloq xo‘jaligi, temir yo‘llarda ishlar ancha oldinga siljidi. Uzoq muddat to‘xtab yotgan jami qiymati 2,9 milliard dollarlik 22 ta loyiha yurib ketdi, – dedi davlatimiz rahbari.
Shu bilan birga, ba’zi loyihalarga tasdiqlanganidan keyin ham hokimliklar tomonidan o‘zgartirishlar kiritilayotgani ularning ishga tushirilishini kechiktirmoqda.
Bundan keyin tayyor loyihaga o‘zgartirish kiritish faqat hukumat doirasida ko‘rib chiqilishi belgilandi. Qo‘shimcha ishlar loyiha tugagandan keyin iqtisod bo‘lgan mablag‘ hisobidan qilinadi.
O‘zA