Tojikistonning Isfara shahrida voleybol bo‘yicha 2007 yil va undan kichik qizlar jamoalari o‘rtasida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz zafar quchdi.

O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston mamlakatlari jamoalari ishtirok etgan turnirda Vatanimiz sharafini Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanining “To‘maris” jamoasi voleybolchi qizlari himoya qildi.

Bayramona ruhda o‘tgan shiddatli bellashuvlarda  mamlakatimizning “To‘maris” jamoasi barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medallarni qo‘lga kiritdi.

Ikkinchi va uchinchi pog‘onalardan Tojikistonning “Xo‘jand” va “Isfara” jamoasi voleybolchi qizlari  joy oldi.

Tojikistonda o‘tgan  xalqaro turnirda zafar quchgan voleybolchilarimiz kuni kecha Farg‘ona viloyat, Uchko‘prik tuman hokimligi, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi va Ichki ishlar vazirligi mutasaddi va mutaxassislari tomonidan tantanali kutib olindi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Voleybol: “To‘maris” jamoasi Tojikistonda zafar quchdi