Poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida VII Toshkent xalqaro marafoni start oldi. Unda ishtirokchilar marafon (42 km.), yarim marafon (21 km.) va 10 km. masofaga yugurish trassalarida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tutash yo‘l bo‘ylab yuguradi. 3 km. masofaga yugurish esa bevosita bog‘ hududida tashkil etilmoqda. Unda jami 9000 nafardan ortiq, shu jumladan, 51 davlatdan 1246 nafar xorijlik professional sportchilar va havaskor yuguruvchilar ishtirok etayotir.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, VII Toshkent xalqaro marafonining mukofot jamg‘armasi 639 million so‘mni tashkil etadi. Bunga qo‘shimcha ravishda erkaklar va ayollar o‘rtasida  O‘zbekiston milliy rekordini o‘rnatganlarga 15 million so‘m, yarim marafon masofasida esa 10 million so‘m ajratiladi.

Marafonda barcha xohlovchilar, fuqaroligidan qat’i nazar professional sportchilar ham, havaskorlar ham ishtirok etishlari mumkin. 42 km. (marafon), 21 km. (yarim marafon), 10 km., 3 km. masofalarga yugurish hamda shimoliy yurish musobaqalarida 15 yoshdan oshgan erkaklar va ayollarning ishtirok etishlariga ruxsat berildi.

Marafon O‘zbekiston sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Markaziy Osiyo yugurish va yurish akademiyasi, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamda Markaziy Osiyo yengil atletika uyushmasi hamda qator vazirlik va idoralar tomonidan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Ma’lumot uchun, Toshkent marafoni xalqaro sport tadbiri sifatida tan olingan va World Athletics (Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi) musobaqalari taqvimiga kiritilgan. Marafonning yangilangan trassasi AIMC (Xalqaro marafonlar va ommaviy yugurish musobaqalari assotsiatsiyasi) tomonidan «A» toifadagi rasmiy trassa o‘lchovchisi ishtirokida sertifikatlashdan o‘tkazildi. Bu esa uning jahon standartlariga muvofiqligini kafolatlaydi.

Javohir Toshxo‘jayev, Alimurod Mamadaminov (surat), O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
VII Toshkent xalqaro marafoni start oldi