Xorazm viloyatida IV xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida baxshi, oqin va jirov ijrochilari ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yakuniga yetdi.

Buyuk ajdodlarimizning ko‘p asrlik hayot tajribalari, ezgu orzu- intilishlari, yuksak fazilatlarini o‘zida mujassam etgan boqiy merosimizni keng targ‘ib qilishga xizmat qilayotgan tanlov ikki kun davom etdi. 

Tanlovda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan baxshi, oqin jirovlar, folklorshunos olimlar, madaniyat, san’at fidoyilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xalq og‘zaki san’ati muxlislari ishtirok etdi. Tanlovda 78 nafar baxshi, oqin va jirovlarning ijrochilik yӯnalishlaridagi mahoratini san’atshunos olimlar, O‘zbekiston xalq baxshilaridan iborat nufuzli hakamlar hay’ati baholab bordi.

[gallery-22730]

Tanlovning yopilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Ahmedov so‘zga chiqib, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yurtimizda baxshichilik va jirovchilik san’atini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu jumladan, mazkur festivalning ahamiyatiga tӯxtalib, ishtirokchilarni tabrikladi. 

Tanlov doirasida eng chechan baxshi, oqin va jirovlar aniqlandi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, eng yuqori o‘rinni qashqadaryolik Ziyodilla baxshi Ahmedov hamda xorazmlik Karimboy baxshi Otamurodov egalladi.

Endilikda ular shu oy ohirida Xiva shahrida bo‘lib o‘tadigan IV xalqaro baxshichilik san’ati festivalida va may oyida Saudiya Arabistonida o‘tkaziladigan “O‘zbekiston madaniyati kunlari” tadbirlarida ham mamlakatimiz baxshilari nomidan ishtirok etishadi. 

Mamlakatimizda baxshi, oqin va jirovlar ijodini keng targ‘ib qilish, ularning ijod namunalarini yosh avlod qalbiga chuqur singdirishga xizmat qilayotgan tanlovda ijro jarayonlarida umuman mikrofon, ovoz kuchaytirgich kabi vositalar ishlatilmadi, – deydi Karimboy Otamurodov. – “Bazirgon” dostonidan menga shart tushdi. Shuningdek, o‘zim ham bir nechta termalar tayyorlab kelgan edim. Shuni ijro qilib berdim. 

Baxshilarning bugun qo‘linda sozi, 

Davronni kuylasin, yangroq ovozi.

Aytaversam ado bo‘lmas sadosi. 

Baxshilar hazzating bayram muborak! 

Respublika ko‘rik-tanlovining tantanali yopilish marosimi san’at ustalari va baxshi, oqin, jirovlarning konsert dasturi bilan yakunlandi. 

Ahmadjon Shokirov, Behzod Saidov (surat), O‘zA muxbirlari

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Urganchda baxshi, oqin va jirovlar bahslashdi