Ayni payt butun dunyo nigohi yana O‘zbekistonga qaratilgan, desak mubolag‘a bo‘lmas. Sababi 5-9 aprel kunlari diyorimiz Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasiga mezbonlik qilmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zA muxbiri Qirg‘iz Respublikasi Jo‘qorg‘u Keneshi Xalqaro ishlar, mudofaa, xavfsizlik va migratsiya qo‘mitasi raisi Ulan Primovning mazkur xalqaro tadbir xususidagi fikrlarini yozib oldi.

– E’tirof etish joiz, yurtingizda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida dunyo davlatlari va xalqaro tuzilmalar bilan siyosiy muloqot va iqtisodiy aloqani mustahkamlash yo‘lida muhim qadamlar qo‘yilmoqda.

Joriy yil 31 mart kuni Xo‘jand shahrida Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iz  Respublikasi yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘zaro ishonch va mustahkam do‘stlikka asoslangan mazkur tadbir yakunida uch davlat chegaralari tutash nuqtasi to‘g‘risidagi tarixiy shartnoma imzolandi hamda yetakchilarning Qo‘shma deklaratsiyasi qabul qilindi. Qolaversa, 3-4 aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti o‘tkazildi. Bu misollar O‘zbekistonning xalqaro maydonda nufuzi tobora ortib borayotganidan dalolat.

Mana endi Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi aynan Toshkentda o‘tyapti. Ushbu anjumanning mavzusi “Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” bo‘lib, xalqaro miqyosda ijtimoiy adolat, tenglik, inklyuziv taraqqiyot va inson huquqiga e’tiborni kuchaytirishga qaratilgan. Qizg‘in muhokamalar ayollar va bolalar huquqini himoya qilish, ishlab chiqarish va mehnat huquqi, kambag‘allikka qarshi kurashish va barcha uchun barqaror taraqqiyotga erishishga zamin yaratadi.

Tinchlikni parlamentlararo diplomatiya va muloqot orqali targ‘ib qilish yo‘lida faoliyat olib boradigan mazkur tashkilot bugungi kunga kelib 180 dan ziyod a’zo parlament va 15 assotsiatsiyalashgan a’zo bilan haqiqiy global jamoaga aylandi. A’zo parlamentlar va deputatlar yuksak qadriyatlarni ilgari surib, barcha millatlar o‘rtasidagi hamkorlik va muloqotni rag‘batlantiradi.

Bugungi kunda Parlamentlararo Ittifoqning ovozi dunyo bo‘ylab tobora baland yangramoqda. Mazkur tashkilot faoliyati misolida hozirgi zamon xalqaro munosabatlari mezonlari samaradorligi yaqqol ko‘rinmoqda. Zero, tuzilma dunyo mamlakatlarining qonun chiqaruvchi organlari uchun global muloqot maydoni bo‘lib, ayni darayonda muhokama qilinadigan masalalar jahon hamjamiyati e’tiboriga yetkaziladi.

Ta’kidlash joiz, ushbu xalqaro yig‘in O‘zbekistonga dunyodagi barcha mamlakatlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, global va regional muammolarga barqaror, samarali yechim topish imkonini beradi. Qolaversa, yurtingizning siyosiy nuqtai nazardan mintaqada ishonchli hamkor sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlashi shubhasiz.

Tadbir yakunida butun jahon parlament harakatining o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlari belgilanadigan tegishli hujjat qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu tinch va barqaror keja barpo etish yo‘lida yana bir dadil qadam bo‘ladi.

O‘tkir Alimov yozib oldi.
O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ulan PRIMOV: Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasi – global muloqot maydoni