Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi davom etmoqda. Nufuzli anjumanda ishtirok etayotgan Peru parlamenti a’zosi Uilson Soto Plasios bilan suhbatlashdik:

– Parlamentlararo Ittifoqning 150-assambleyasi juda yuqori saviyada tashkil etilgan. Ochiq muloqot uchun barcha sharoitlar ta’minlangan. Muhimi, ushbu yirik anjumanda butun dunyo xalqlari hayotiga daxldor muhim masalalar ko‘rib chiqilmoqda.  

Assambleyaning asosiy mavzusi – ijtimoiy taraqqiyot va ijtimoiy adolat yo‘lidagi parlament harakati deb belgilanganining o‘zi buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Chunki, har bir masalaning tub mohiyatida adolat bo‘lsagina, uning natijasi albatta yaxshi bo‘lishi muqarrar.  

Men Peru Respublikasi Kongressining eng yosh a’zolaridan biriman. Assambleyada ishtirok etish va bu yerda boy tajribaga ega mamlakatlar parlamentlari vakillari bilan fikr almashish katta tajriba maktabi ham bo‘lmoqda.  

Aytib o‘tish kerakki, O‘zbekiston – boy tarixga ega, madaniyati keng, o‘z an’analari va qadriyatlarini asrab kelayotgan yurt ekan. Turli go‘zal joylaringizni ko‘rdim. Masjidlarga tashrif buyurdim. Turistik markazlar, madaniyat ob’ektlari yuksak darajada bunyod etilgan. Yurtingizning madaniy merosi meni juda hayratga soldi. Ko‘chalardagi yashillik, hovlilar va atrof-muhitning ozodaligi menda katta taassurot qoldirdi.

O‘zbekiston xalqi mehribon, ochiqko‘ngil va juda samimiy ekan.

Shu kabi madaniy hamda tarixiy ma’lumotlar bilan tanishib, yurtingizni yanada yaqinroq angladim.

O‘zbekiston 35 milliondan ziyod aholiga ega, shu bilan birga, dunyoda oltin ishlab chiqarish bo‘yicha yettinchi o‘rinda turadi. Bu ma’lumotlarni bilish men uchun haqiqiy kashfiyot bo‘ldi.

Peru ham tarixiy va madaniy jihatdan boy mamlakat. Gastronomiyamiz ham juda boy va o‘ziga xos. O‘zbekistonlik do‘stlarimizni Peruga taklif etamiz.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/qEgSRN8Mc1U" title="Uilson Soto Plasios: Assambleya yuqori saviyada tashkil etilgan" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Norgul Abduraimova, Doniyor Yakubov (video), Anvar Ahmedov (montaj), O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Uilson Soto Plasios: Assambleya yuqori saviyada tashkil etilgan va unda dunyo xalqlari hayotiga daxldor muhim masalalar ko‘rib chiqilmoqda (+video)