O‘zbekiston energetika sohasida katta o‘zgarishlarga tayyorlanmoqda. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari o‘z natijalarini berayotgani bilan birga, ushbu yo‘nalishdagi xalqaro sherikliklar ham kundan-kunga mustahkamlanmoqda. Xorazmda barpo etilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasi ana shunday muvaffaqiyatlardan biri hisoblanadi.

Hozirgacha Xorazmda 11 ming 308 ta ob’ektga 172,7 megavattlik quyosh panellari o‘rnatilib, 29,5 milliard kilovatt-soat energiya ishlab chiqarildi – bu ko‘rsatkichlar esa yangi energiya inqilobiga ishoradir.

Viloyatning eng chekka hududi bo‘lgan Tuproqqal’a tumanida Fransiyaning “Voltaliya” kompaniyasi bilan hamkorlikda barpo etilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasi loyihasi amalga oshirilmoqda. Qariyb 180 gektar maydonda 180 mingdan ziyod quyosh panellari o‘rnatiladigan bu stansiya ayni damda O‘zbekistondagi eng yirik “yashil energiya” loyihalaridan biri sanaladi. Ushbu loyiha orqali mamlakatimiz “yashil energiya” sohasida o‘z o‘rnini mustahkamlaydi, xalqimiz esa qulay va zamonaviy energiya bilan ta’minlanadi.

[gallery-24816]

–  2030 yilga kelib mamlakatimiz aholisining 40 milliondan oshishi va yangi iqtisodiyot uchun energiya talabining 40 foizi “yashil” manbalardan qoplanishi maqsad qilingan, – deydi Xorazm viloyat hududiy qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi matbuot xizmati rahbari Shahnoza Qalandarov. –Bu yo‘nalishda “Quyoshli xonadon” dasturi aholining energiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirdi, soliq va moliyaviy imtiyozlar esa qulaylik yaratmoqda. Ushbu stansiya ishga tushgach, 60 ming xonadon quyosh energiyasi bilan ta’minlanadi, mahalliy aholi uchun esa 250 ta yangi ish o‘rni yaratiladi – bu esa nafaqat energetika sohasida, balki ijtimoiy taraqqiyotda ham muhim qadamdir.

Qurilish ishlarini "China Machinery Engineering Corporation" kompaniyasi olib bormoqda. Barpo etish jarayonlariga 500 nafarga yaqin mutaxassis jalb etilgan, ularning 100 dan ortig‘i Xitoydan kelgan yuqori malakali mutaxassislardir.  

–Bizning kompaniyamiz 1978 yilda tashkil topgan bo‘lib, energetika , telekommunikatsiya, transport va suv resurslari infratuzilmalarini yaratish  bilan shug‘ullanadi. O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotgani bizning kompaniyamiz ham mamlakatingizda katta loyihalarda ishtirok etishiga imkon yaratdi. Bu fotoyelektr stansiyasi bizning 3- loyihamiz  hisoblanadi. Uni ham o‘z vaqtida sifatli bajarishga harakat qilamiz,– deydi  "China Machinery Engineering Corporation" kompaniyasi bosh mutaxassisi Andy Xie.  

"Sarimay 100MW" loyihasi amalga oshsa, Xorazm viloyatining elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvati 30 foizga oshadi va 424 megavattga yetkaziladi. Tuproqqal’a tumani esa yillik 135 million kilovatt-soatlik elektr talabini to‘liq qondirishi mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, tabiiy gaz tejalib, atrof-muhitga chiqadigan zararli moddalar 106 ming tonnaga kamayadi – bu esa ekologiyani saqlashda muhim ahamiyatga ega.

Xorazmda barpo etilayotgan quyosh fotoelektr stansiyasi nafaqat energetika sohasidagi yangi imkoniyatlarni paydo etmoqda, balki barqaror rivojlanish, ish o‘rinlari va ekologik toza kelajak uchun yangi sahifa ochmoqda.  

Ahmadjon Shokirov,  

Behzod Saidov (surat),  

O‘zA muxbirlari

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tuproqqal’ada quyosh fotoelektr stansiyasi qurilmoqda