Ozarbayjonning "Trend" axborot agentligi saytida e’lon qilingan maqolada yozilishicha, Markaziy Osiyoda global kuchlar o‘z pozitsiyalarini mustahkamlayotgan bir payt Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va AQSH ishtirokidagi C5+1 formati xavfsizlik, investitsiya va barqaror rivojlanish bo‘yicha muloqotni chuqurlashtirayotgan muhim maydonga aylandi. Shu ma’noda 6 noyabr kuni Vashingtonda o‘tadigan navbatdagi sammit bu hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishi kutilmoqda.

Manba O‘zbekiston uchun sammit strategik ahamiyat kasb etishi, mamlakat AQSH bilan yaqin hamkor maqomini mustahkamlash, investitsiya jalb qilish va xalqaro maydondagi ta’sirini oshirishni maqsad qilganiga alohida to‘xtalgan:

- Toshkent va Vashington allaqachon innovatsiya va energetika bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida dadil qadamlar qo‘ygan: "Schlumberger", "Baker Hughes" va "Air Products" ishtirokida gaz-transport infratuzilmasini takomillashtirish va toza energiya yechimlarini joriy etishga qaratilgan taxminan 4 milliard dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, muhim foydali qazilmalarni qidirish va qayta ishlash bo‘yicha memorandum imzolanib, global energiyaga o‘tish shart-sharoitida sheriklik jadal rivojlanyapti.

Toshkent pozitsiyasi sentyabr oyida Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga tashrifi davomida yanada mustahkamlandi: “O‘zbekiston havo yo‘llari” bilan "Boeing" o‘rtasida 22 ta "Boeing-787 Dreamliner" yetkazib berishni nazarda tutuvchi 8 milliard dollarlik kelishuv e’lon qilindi. Mutaxassislar bu loyihani Toshkentning mintaqaviy aviatsiya markazi sifatidagi mavqeini kuchaytiruvchi omil, qolaversa Yevropa va Shimoliy Amerikaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar uchun platforma sifatida baholamoqda.

"Trend.Az" bo‘lajak sammitda infratuzilma va energetika loyihalari, raqamli integratsiya, mintaqaviy barqarorlik, shuningdek kiber himoya masalalari ko‘tarilishini taxmin qigan. O‘zbekiston logistika, qayta tiklanadigan energiya va muhim minerallar bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surayotgani, bu sohalar mamlakat va mintaqa iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishiga urg‘u berilgan.

C5+1 AQSH uchun Markaziy Osiyoda iqtisodiy ta’sirni kuchaytirish, jumladan “Yashil O‘zbekiston” dasturi doirasida quyosh va shamol loyihalariga kompaniyalarni jalb etish imkoniyatidir. Qo‘shma Shtatlarning Ozarbayjondagi sobiq elchisi Metyu Brizning fikricha, "investitsiya va Amerika kompaniyalari ishtirokini diplomatiya vositasi sifatida qo‘llash C5+1 formatini har ikki tomon uchun manfaatli strategik vositaga aylantiradi".

Xulosa o‘rnida muallif O‘zbekistonning iqtisodiy islohot va texnologik taraqqiyot, ta’lim sohasidagi o‘sish bir yo‘la qo‘llab-quvvatlanayotgan ko‘p qirrali strategiyasini e’tirof etgan. Bunday yondashuv Toshkent uchun AQSH bilan muloqotda butun mintaqa manfaatini ifodalovchi faol mamlakat vazifasini bajarish mas’uliyati ekanini ta’kidlagan.

Abduaziz Xidirov, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Trend.Az: O‘zbekiston C5+1 sammiti arafasida AQSH bilan iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirdi