“ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi
2025 yil 11 sentyabrda “Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi.
Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi.
2025/2026 o‘quv yilidan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan 1 yillik tayyorlov kursi joriy etiladi. 2026/2027 o‘quv yilidan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim jarayoni yo‘lga qo‘yiladi.
2027/2028 o‘quv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichlari joriy etiladi. Universitetda ta’lim jarayoni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi.
2029/2030 o‘quv yiligacha o‘qishga qabul qilingan talabalar to‘liq davlat granti asosida o‘qitiladi.
O‘zA