2025 yil 12 mart kuni QS xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS by Subject-2025” reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti birinchi marta “Ijtimoiy fanlar va menejment” yo‘nalishidagi “Iqtisodiyot va ekonometrika” (Economics and Econometrics) sohasida jahonning nufuzli “TOP–500” universitetlari qatoriga kirib, 401-450-pog‘onalarda qayd etildi.

Shu bilan birga, TDIU QS reytingining ushbu yo‘nalishida O‘zbekistondagi yagona oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etildi.

Bu muvaffaqiyat universitetning ilmiy-tadqiqot salohiyatini kengaytirish, xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash va ta’lim sifati bo‘yicha uzoq muddatli strategiyasining samarali natijasi hisoblanadi. Ushbu yutuq TDIUning xalqaro maydondagi nufuzini oshirib, yangi marralarga erishish uchun universitet jamoasiga kuchli rag‘bat va imkoniyat yaratadi.

Shuningdek, TDIU milliy va xalqaro reytinglarda yuqori natijalar qayd etib kelmoqda. Xususan, u QS Stars reytingida 5 yulduz olgan Markaziy Osiyodagi ikkinchi va O‘zbekistondagi birinchi oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

QS (Quacquarelli Symonds) – bu dunyodagi eng nufuzli ta’lim reytinglarini tuzuvchi xalqaro tashkilotlardan biri. U asosan oliy ta’lim muassasalarini baholash bilan shug‘ullanadi. QS reytinglari tadqiqotchilar va professor-o‘qituvchilar fikri asosida akademik obro‘,  bitiruvchilarning ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha ish beruvchilarning fikri, talabalar va o‘qituvchilar nisbati,  ilmiy maqolalar va iqtiboslar soni xalqaro talabalar va professor-o‘qituvchilar ulushi kabi turli mezonlarga asoslanadi.

N. Ziyodullayeva, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti QS reytingida “TOP-500” talikka kirdi