Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti davom etmoqda.
O‘tgan hafta 200 dan ortiq to‘qimachilik korxonalari vakillari bilan uchrashilib, sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 7 trillion so‘mlik tashabbuslar e’lon qilindi.
Tez kunlarda to‘qimachilikda “ishonchli eksportchi” dasturi boshlanib, eksport oldi moliyalash tizimi yo‘lga qo‘yiladi va buning uchun 200 million dollar yo‘naltiriladi.
Bu elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat, farmatsevtika kabi eksport salohiyati yuqori, lekin imkoniyatlari to‘liq ishga solinmagan sohalar uchun ham joriy etiladi.
Ushbu sohalardagi tadbirkorlarni aylanma mablag‘i uchun 500 million dollar beriladi.
Har bir tarmoqning sifati kafolatlangan, raqobatdosh 10 tadan mahsulotiga “O‘zbekiston ramzi” sifat belgisini berib, ularni dunyoga tanitish uchun katta targ‘ibot kampaniyasi boshlanadi.
O‘zA