Turkiyaning Antaliya shahrida M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro tennis turnirida Sergey Fomin yakkalik va juftlik bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi Sergey Fomin yakkalik bellashuvlarning final bosqichida ukrainalik Oleksey Krutixga uch setda 6:7, 6:3, 7:5 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Natijada esa nufuzli musobaqaning vitse-chempioniga aylangan holda 2701 AQSH dollari pul mukofoti va 16 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur turnirning juftlik bahslarida Sergey Fomin neytral tennischi Pavel Verbin bilan tandemda finalga qadar barcha raqiblarini yenggan edi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tennischimiz Turkiyada vitse-chempion bo‘ldi