Sammitdan so‘ng...

Samarqand shahri navbatdagi nufuzli tadbirga mezbonlik qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti, unda bildirilgan fikrlar va ilgari surilgan tashabbuslarni dunyo e’tirof etmoqda.

Ushbu nufuzli sammit ishida Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining asosiy institutlari rahbarlari ishtirokida ko‘p tomonlama tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, ikki mintaqa o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar va amaliy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi. Sammit tarixiy ildizlarga ega munosabatlar hozirgi zamon sharoitiga mos tarzda jadal rivojlanayotganini yaqqol ko‘rsatdi.

Sammitdan kutilayotgan natijalar, aniq reja va maqsadlar haqida bir qator vazirlik va idoralar rahbarlarining fikrlarini yozib oldik.

Ibrohim ABDURAHMONOV, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri:

– Sammit tarixiy ahamiyatga ega voqealarga boy bo‘ldi. Shu kuni Prezidentimiz Samarqand xalqaro iqlim forumida ham ishtirok etib, nutq so‘zladi. Unda iqlim o‘zgarishi muammolari oziq-ovqat va energiya xavfsizligi bilan chambarchas bog‘liq ekanligiga alohida ahamiyat qaratildi.  

Mintaqamiz aholisi yigirma besh yildan so‘ng yuz million kishidan ortishi kutilayotgan bir vaqtda unumli yerlar tez sur’atlar bilan qisqarib borayotganiga e’tibor qaratildi. Bugungi kunda mintaqadagi umumiy yer maydonining yigirma foizdan ortig‘i degradatsiyaga uchragan. Chorak asrdan keyin hosildorlik uchdan bir qismga kamayib ketishi mumkin. Shu munosabat bilan, o‘rmon xo‘jaligi va agrar sohaning moslashuvchanligini oshirish, shuningdek, maxsus dasturlar doirasida oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash uchun ilmiy salohiyatimizni birlashtirish hayotiy muhimligiga urg‘u berildi.  

Prezidentimiz paydo bo‘layotgan masalalarni hal qilishda dunyoga ochiqligimizni, yangi O‘zbekiston barcha sohalarda hamkorlikka tayyor ekanligini yana bir bor amaliy harakatlar bilan ko‘rsatdi. Bu forum natijasida ham Yevropa Ittifoqidagi tajribalarni mintaqamizga yoyish, ulardagi ilm-fan, innovatsiyalardan samarali foydalanish ko‘zda tutildi.  

Markaziy Osiyoda joylashgan davlatlarning iqlimi bir-biriga juda o‘xshash. Agrotexnologiyalar, qishloq xo‘jaligi ekinlari ham bir-biriga yaqin. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar uchun suv balansini ta’minlash, yerni cho‘llanishdan himoya qilish, yetishtirilayotgan mahsulotlar bozorini to‘g‘ri tashkil qilish borasidagi masalalar ham sessiyalarda muhokama qilindi.

Sherzod SHERMATOV, O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vaziri:

– Sammitda davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ilmiy-ta’lim hamkorligini kengaytirish uchun O‘zbekistonda “Ufq – Yevropa” dasturi ofisini ochishga tayyor ekanligimizni bildirdi. Bundan tashqari, sun’iy intellekt, ma’lumotlar “katta bazalari”, raqamlashtirish, kosmik tadqiqotlar sohasida ilmiy va texnologik almashuvlar bo‘yicha qo‘shma dasturni ishlab chiqishni taklif etdi.

Shuningdek, mintaqa mamlakatlarini raqamli ta’lim sohasida Yevropa harakatlar dasturiga qo‘shish, Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchi universitetlari o‘rtasida sheriklik borasida “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslar ilgari surildi.

Zamonaviy dunyoning talabi shunday, qaysi sohada natijaga erishmoqchi bo‘lsak, dunyo bilan hamkorlik qilishimiz kerak. Integratsiyasiz yutuqqa erishish qiyin. O‘zbekiston sammit doirasida barchani hamjihatlikka, hamkorlikda yutuqlarga erishishga chorladi.

Bu tashabbuslar qog‘ozda qolib ketmaydi. Prezidentimiz tashabbus va kelishuvlarni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish muhimligini alohida qayd etdi. Shu munosabat bilan, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatida Bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida har yili uchrashuvlari o‘tkazib boriladigan Sheriklik qo‘mitasini ta’sis etish maqsadga muvofiqligini alohida qayd etdi.

Ikrom AVVALBOEV, O‘zA muxbiri

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tarixiy ildizlarga ega munosabatlar hozirgi zamon sharoitiga mos tarzda jadal rivojlanmoqda