Toshkent shahrida davom etayotgan Parlamentlararo Ittifoqning 150 -assambleyasi doirasida Parlament ayol a’zolari forumining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Forumni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva kirish so‘zi bilan ochib, forum faoliyatining 40 yillik yubileyi bilan uning barcha a’zolarini O‘zbekiston parlamenti nomidan qutladi.  

 – Forum – Parlamentlararo Ittifoq tarkibida samarali faoliyat ko‘rsatdi, - dedi T.Norboyeva. – Ayniqsa, keyingi 30 yilda mamlakatlar parlamentlaridagi ayollar ulushining 11,3 foizdan 27,2 foizgacha o‘sishida ayollar forumining hissasi katta. Bugungi anjumanda 120 ga yaqin mamlakatdan delegatsiyalar ishtirok etayotgani ham forumning global ahamiyati, gender tenglik masalasi esa assambleyaning diqqat-markazidagi mavzu ekanini ko‘rsatadi. Barchamizga ma’lumki, har qanday global tahdid vujudga kelmasin, ular xotin-qizlar masalasiga bevosita aloqador va o‘zining ta’sirini ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan ayollar masalasi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidan qat’iy nazar, har bir mamlakat uchun dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston ham dunyoning tez rivojlanayotgan mamlakatlaridan biri sifatida gender masalasiga ustuvor ahamiyat bermoqda.

Tarixiy qisqa muddatda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida oilalar mustahkamligi, ayollarning huquqiy himoyasi va gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha yangi tizim, milliy model yaratildi. Avvalo, mazkur masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Konstitutsiya darajasida, shuningdek, mamlakatning strategik hujjatlarida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash muhim masalalardan biri sifatida belgilandi.

Qisqa muddatda xalqaro standartlarga mos milliy qonunchilik bazasi hamda institutsional asoslar shakllantirildi. Respublika darajasidan eng qo‘yi bo‘g‘in – mahallagacha xotin-qizlar masalalari bilan shug‘ullanadigan uzviy tizim yo‘lga qo‘yildi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi mexanizmlar yaratildi.  

Amalga oshirilgan ishlar samarasini xotin-qizlarning ta’lim, tadbirkorlik, davlat boshqaruvi va boshqa sohalarda faolligi oshishida kuzatish mumkin. Jumladan, hozirgi kunda oliygohlarda ta’lim olayotgan talabalarning yarmidan ziyodini qizlar tashkil etmoqda. Buning uchun yosh xotin-qizlarga davlatimiz tomonidan turli imtiyozlar joriy etilgan.

Shuningdek, ishbilarmon ayollar safi ikki barobarga kengayib, 205 mingdan oshdi. Maqsadimiz iqtisodiyoti yiliga 6 foizdan o‘sib borayotgan O‘zbekistonda turli sohalarda xotin-qizlar tadbirkorligini keng rivojlantirishdan iboratdir.  

Milliy parlamentda xotin-qizlarning ulushi 38 foizga yetib, Osiyo mintaqasidagi eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etganini Parlamentlararo Ittifoq ham e’tirof etdi. 

O‘zbekiston o‘z siyosatida xotin-qizlar turmush darajasini oshirish, ularga nisbatan turli notengliklarni bartaraf etish, ayniqsa iqlim o‘zgarishi salbiy ta’sirlari, zo‘ravonlik va kamsitilishlarning oldini olishga qaratilgan maxsus tadbirlarni amalga oshirishni eng ustuvor vazifalar sifatida belgilagan.  

-Bugun zamonning o‘zi barchamizdan o‘zaro harakatlarimizni uyg‘unlashtirish va faollashtirishni talab qilmoqda. Birinchi navbatda, O‘zbekiston parlamentlararo hamkorlikda ayollar faolligini oshirish bo‘yicha xalqaro faoliyatni kuchaytirdi. Ayniqsa, mintaqaviy kesimda bu borada o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor.  

Jumladan, besh yil ilgari O‘zbekistonning tashabbusi bilan Markaziy Osiyo davlatlari yetakchi ayollari Muloqoti tashkil etilgan edi. Bugun ushbu format xotin-qizlarga oid mintaqa uchun xos bo‘lgan dolzarb masalalarni birgalikda hal qilishning samarali mexanizmiga aylandi. Mazkur ijobiy tajribani Parlamentlararo Ittifoqdagi boshqa mintaqaviy guruhlar doirasida ham joriy etish va shu orqali barcha mintaqalar rivojlanishida ayollar ishtirokini kengaytirishni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz, - dedi Senat Raisi.  

Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida mamlakatlarimizda gender tenglikka erishish borasidagi natijalarni aniq indikatorlarga asoslangan holda baholash, bu borada har bir davlat o‘z oldiga qo‘ygan vazifalarni bajarishi yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlarni belgilashi to‘g‘ri bo‘lardi. Shubhasiz, bu va har bir davlatning o‘ziga xos bo‘lgan boshqa yo‘nalishdagi ishlari Parlamentariy ayollar forumi boshchiligida va hamkorligida bo‘lishi maqsadga muvofiq.  

Norgul Abduraimova, Nosir Haydarov (surat), O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Tanzila Norboyeva: O‘zbekiston parlamentlararo hamkorlikda ayollar faolligini oshirish bo‘yicha xalqaro faoliyatni kuchaytirdi