O‘zLiDeP fraksiyasi vakillari tomonidan Namangan viloyatining bir qator hududlarida maktab va maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Xususan, Namangan shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy soha ob’ektlarining issiqlik ta’minoti tizimlari, Norin, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida esa xususiy va uy bog‘cha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganishlar davomida bir qator ijobiy ishlar bilan birga, hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar ham borligi aniqlandi. Xususan, Namangan viloyatida nodavlat bog‘chalar uchun ajratilgan imtiyozli kreditlar bo‘yicha garov ob’ektlarini almashtirish qiyinlashgan. Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan berilishi kerak bo‘lgan kreditlar tijorat banklari tomonidan to‘liq ajratilmayapti. Shuningdek, issiqlik ta’minoti modernizatsiya qilingan bo‘lsa-da, shartnoma maydonlari yangilanmagan.

Xalq vakillarining o‘rganishlari davomida aniqlangan shu kabi muammolar yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati Baxtiyor Artiqov tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimovga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Ta’kidlash lozimki, davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida ta’lim-tarbiya maskanlarini barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan maqsad ta’lim sifatini oshirish, investitsiyalarni jalb qilish va fuqarolarning ta’limga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrovini kengaytirishdan iboratdir. Shunday ekan, ushbu muassasalardagi yuzaga kelayotgan muammolarni tizimli hal etish, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini ta’minlash dolzarb ahamiyatga ega.

Muhtarama Komilova,

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ta’lim-tarbiya maskanlaridagi muammolarni hal etish yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi