Adliya vazirligiga Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOISA) ekspertlaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muhammadiyev bilan uchrashuvda KOISA bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Sun’iy intellektga asoslangan yuridik xizmat muhitini yaratish va Koreya – O‘zbekiston huquq markazini tashkil etish” loyihasi haqida fikr almashildi. 

Qiymati 14,5 million AQSH dollari bo‘lgan mazkur loyiha O‘zbekiston huquq tizimi tarixidagi strategik tashabbuslardan biri ekanligi qayd etildi.

Mazkur loyiha nafaqat zamonaviy raqamli yuridik infratuzilmani, balki sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan yuridik xizmatlarni rivojlantirish, aholiga qulay va tezkor huquqiy yordam ko‘rsatish tizini yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan.

Uchrashuvda KOISA ekspertlari bilan sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarini huquqiy tartibga solish holati, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda sun’iy intellektdan foydalanish, huquqiy axborotni aholiga yetkazish, ushbu sohani raqamlashtirish, jumladan, Lex.uz qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi imkoniyatlari, axborot texnologiyalarini huquqiy tartibga solish hamda qonun ijodkorligi faoliyatida sun’iy intellekt va axborot texnologiyalarni qo‘llash sohasidagi mutaxassislar hamda maxsus jihozlarga bo‘lgan ehtiyojlar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida mazkur loyiha doirasida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Koreya – O‘zbekiston huquq markazi ikki davlat o‘rtasida huquqiy bilim va tajriba almashinuvi markaziga aylanishi hamda ushbu markaz Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Koreya hamkor tashkilotlari o‘rtasida uzviy aloqalarni mustahkamlab, yangi ta’lim dasturlari, qo‘shma tadqiqotlar, seminar va konferensiyalar uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.

N.Abduraimova, O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sun’iy intellektga asoslangan yuridik xizmat muhitini yaratishga oid loyihaga 14,5 million dollar yo‘naltiriladi