Starmer Putinni “o‘yin o‘ynamaslik”ka chaqirdi

Dunyo yetakchilari Ukrainada tinchlik o‘rnatishga urinayotgan bir payt Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer virtual usulda “xolislar koalitsiyasi” sammitiga mezbonlik qilmoqchi, deb yozdi BBC.
Mazkur onlayn yig‘inda 25 ga yaqin yetakchi, jumladan Yevropa Ittifoqi komissiyasi, NATO, Ukraina, Kanada va boshqa davlatlar vakillari ishtirok etadi.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning AQSH taklif qilgan sulh bitimini o‘yin qilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, degan Starmer RF rahbarini kelishuvni "kechiktirishga urinishda" aybladi.
Musulmon Ziyo, O‘zA