Munosabat

Bugungi kunda har bir mamlakatning rivojlanish salohiyati, iqtisodiy qudrati yoki siyosiy barqarorligi, avvalo, aholining sog‘lom va faol turmush kechirishi bilan chambarchas bog‘liq. Sababi, sog‘lom inson – sog‘lom jamiyatni, sog‘lom jamiyat esa barqaror davlatni ta’minlaydi. Shu nuqtai nazardan qaralganda, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari nafaqat kasb sohiblari, balki millat salomatligining posbonlari, xalq ishonchi va umidining timsoli hisoblanadi.

Prezidentning kecha e’lon qilingan “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qo‘llab-quvvatlash choralari to‘g‘risida”gi qarori ushbu soha va uning fidoyi namoyandalariga bo‘lgan davlat darajasidagi yuksak e’tiborning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Qolaversa, qaror nafaqat ijtimoiy siyosat sohasidagi muhim qadam, balki inson qadrini ulug‘lash va mehnatga munosib munosabat tamoyillarini amaliyotga tatbiq etish yo‘lidagi yangi bosqich sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi.

Jumladan, qarorda davlat tibbiyot muassasalari xodimlarini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, ularning moddiy manfaatdorligini oshirish va samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Xususan, ijtimoiy himoyani kuchaytirish va moddiy manfaatdorlikni oshirish, fidoyi xodimlarni rag‘batlantirishning yangi mexanizmlarini joriy etish, yosh va istiqbolli mutaxassislar uchun kasbiy o‘sish imkoniyatlarini yaratish hamda tibbiyot xodimlarining jamiyatdagi nufuzini oshirish shular jumlasidan.

Shuningdek, 2026 yildan boshlab tibbiyot xodimlariga Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan har yili mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantirish berilishi belgilab qo‘yildi. Bu amaliyot sohadagi mehnatni qo‘llab-quvvatlashdagi tizimli yondashuvning boshlang‘ich nuqtasi bo‘ldi deyish mumkin.

Shu bilan birga, “Eng yaxshi respublika shifoxonasi rahbari”, “Eng yaxshi shifokor”, “Eng yaxshi tuman shifoxonasi” kabi tanlovlar joriy etilishi ham soha xodimlarini adolatli baholash va ijtimoiy nufuzini oshirishning samarali yo‘lidir.

G‘oliblarga 30 million so‘mdan boshlab 500 million so‘mgacha bo‘lgan pul mukofotlari belgilanishi, ularning davlat mukofotlariga tavsiya etilishi, xorijda malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishi, bu, shubhasiz, kadrlarning mehnatini rag‘batlantirishdagi muhim qadam hisoblanadi. Bu kabi tanlovlar va moddiy rag‘batlantirish choralari nafaqat raqobat muhitini kuchaytiradi, balki tizimdagi kadrlar sifatini oshirish, yangi g‘oyalar va ilg‘or tajribalarni tatbiq etishga turtki beradi.

Tibbiy xizmat uzluksiz jarayon ekanligini hisobga olgan holda, bayram va dam olish kunlarida navbatchilik tizimi joriy etilishi shifokorlarning ish va dam olish rejasini muvozanatlashtirib, ruhiy sog‘lom muhitni ta’minlaydi. Ish jadvalining me’yorlashtirilishi, tibbiy xizmat ko‘rsatuvchilarning kasbiy xastaliklardan himoya qilinishi va ish sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.

Dunyo amaliyotida shunday tajriba bor: shifokorning dam olishi bemorning sog‘lom qolishi bilan bevosita bog‘liq. Prezidentimiz tomonidan aynan shu tamoyil amaliyotga kiritilayotgani inson manfaatlarini oliy qadr sifatida ko‘rish siyosatining yaqqol ifodasidir.

Qarorda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan. Endi xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etish bilan bog‘liq xarajatlar davlat tomonidan qoplab beriladi. Bu mutaxassislar ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga qiziqish uyg‘otadi, milliy tibbiyot ilmining xalqaro maydondagi nufuzi oshadi. Shuningdek, soha yetakchilari xorijdagi nufuzli ta’lim va ilmiy markazlarda o‘qitilishi, zamonaviy menejment va tibbiy boshqaruv dasturlarini o‘zlashtirishi sohaning strategik rivojiga xizmat qiladi.

Qaror orqali soha fidoyilariga taqdim etilgan yana bir ijtimoiy imtiyoz bu 15 yil ish stajiga ega xodimlarning farzandlariga oliy ta’lim muassasalaridagi kontrakt to‘lovining 30 foizi qoplab berilishidir. Shuningdek, ular uchun uy-joy xaridi vaqtida dastlabki to‘lovning 25 foizi davlat tomonidan qoplanadi. Sanatoriylarda bepul dam olish va yuqori texnologik tibbiy yordamdan bepul foydalanish huquqi beriladi.

Qisqacha aytganda, mazkur qaror ijrosi mamlakatimizda tibbiyot sohasi nufuzini oshirish bilan birga, inson salomatligini himoya qilishni milliy qadriyat darajasiga ko‘tarishda muhim tarixiy ahamiyat kasb etadi. Har bir shifokor, har bir hamshira va farmatsevt endi o‘z mehnatining qadri borligini, davlat uning orqasida turganini his etadi. Bu esa, sog‘lom millat, barqaror davlat va yuksak ma’naviyatli jamiyat sari olib boruvchi ishonchli yo‘ldir.

Muharram DADAXO‘JAEVA,

Yunsobod tumanidagi 50-oilaviy poliklinika mudiri,

“Adolat” SDP Toshkent shahar Kengashi raisi.

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sog‘lom inson – sog‘lom jamiyatni, sog‘lom jamiyat esa barqaror davlatni ta’minlaydi