Texnologiya rivojlanib, sun’iy intellekt hayotimizning har bir jabhasiga kirib kelmoqda. Lekin bu taraqqiyot foydali bo‘ladimi yoki xavf tug‘diradimi? U inson o‘rnini bosa oladimi? Keling, buni birgalikda tahlil qilamiz!

Birinchi navbatda, sun’iy intellektning foydali jihatlarini ko‘rib chiqamiz.

- Sun’iy intellekt mehnat unumdorligini oshiradi. U katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashga qodir. Masalan, tibbiyotda shifokorlarga kasalliklarga aniq tashhis qo‘yishga yordam beradi yoki biznesda mijozlar bilan ishlash jarayonlarini optimallashtiradi.

- Oddiy va takroriy vazifalarni avtomatlashtiradi. Ko‘plab korxonalarda sun’iy intellekt hisob-kitob, hujjatlar bilan ishlash, hatto mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarini o‘z zimmasiga olmoqda. Masalan, chatbotlar mijozlarning oddiy savollariga javob bera oladi.

- Innovatsiyalar yaratadi. U dizayn, musiqiy kompozitsiyalar yaratish va kinolarda maxsus effektlarni ishlab chiqishda qo‘llanmoqda. Hozirda sun’iy intellekt yozgan qo‘shiqlar va hikoyalar ham paydo bo‘ldi. Uning yordamida jinoyatlarni oldini olish, monitoring qilish va ma’lumotlarni himoya qilish imkoniyati ortmoqda.

Biroq, har qanday texnologiya kabi, sun’iy intellektning ham xavfli jihatlari bor. Ularning eng birinchisi, ish o‘rinlarining qisqarishi. Avtomatlashtirish tufayli ayrim kasblarga ehtiyoj kamayishi mumkin. Xususan, haydovchilar, operatorlar va hatto hisobchilar kabi kasblar xavf ostida.

- Dezinformatsiya va manipulyatsiya ko‘payishi. Deepfake texnologiyalari orqali soxta videolar yaratilmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri axborot tarqalish xavfi ortmoqda.

Sun’iy intellekt noxolis qarorlar qabul qilishi mumkin, masalan, kredit berishda yoki ishga qabul qilishda sun’iy intellekt noto‘g‘ri xulosa chiqarishi ehtimoli bor. Chunki u faqat o‘rgatilgan ma’lumotlarga asoslangan holda ishlaydi.

- Sun’iy intellekt insoniy qadriyatlarni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Agar sun’iy intellekt hayotimizda juda katta rol o‘ynay boshlasa, inson o‘zining ongli qarorlarini qabul qilish imkoniyatini yo‘qotishi ham mumkin.

Yana bir muhim jihat — 2017 yilning 25-oktabr kuni Sofiya ismli robotga tantanali ravishda Saudiya Arabistoni fuqaroligi berildi. U Jimmi Fellon bilan Amerika kechki shousiga boradi. Robot Sofiya teleboshlovchini mashhur «tosh, qaychi qog‘oz (don-don-ziki)» o‘yinini o‘ynashga taklif qiladi. G‘alaba qozongan robot: «Bu mening insoniyatni egallash rejamni amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir» deydi va gapi so‘ngida «hazillashdim», deb qo‘shib qo‘yadi. 

Xo‘sh, sun’iy intellekt inson o‘rnini butunlay bosa oladimi? Ehtimol, yo‘q. Chunki ijodkorlik, hissiyot va axloqiy qaror qabul qilish kabi fazilatlar faqat insonga xos. Ammo sun’iy intellekt hayotimizni sezilarli darajada o‘zgartirishi, ayrim kasblarni almashtirishi va yangi imkoniyatlar yaratishi aniq.

Shunday ekan, eng muhimi – texnologiyani to‘g‘ri boshqarish va undan unumli foydalanishdir. Siz qanday o‘ylaysiz? Sun’iy intellekt bizning kelajagimizga qanday ta’sir qiladi? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring!

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4rV_835h32Q" title="“Sirli olam”: Sunʼiy intellektning imkoniyatlari va ehtimoliy xavflari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Iroda Jo‘rayeva, Iskandar Ismatov, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Sirli olam": Sun’iy intellektning imkoniyatlari va ehtimoliy xavflari (+video)