Bugun, 10 noyabr kuni Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo‘yicha shiddatli kurashlarga boy tarzda davom etayotgan jahon kubogining 4-bosqich 1-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Ortda qolgan 3-bosqich bahslari mamlakatimiz shaxmatchilari uchun o‘ta murakkab kechgani bilan yodda qoldi.

Mukofot jamg‘armasi 2 million AQSH dollaridan iborat jahon kubogining 3-bosqich 2-tur o‘yinlari sarhisobiga ko‘ra, afsuski birinchi raqamli shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov meksikalik Xose Martines Alkantaraga 2:0 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Xuddi shuningdek, ruhiy bosim ostida o‘tgan mazkur bosqich o‘yinlarida iste’dodli shaxmatchimiz Shamsiddin Vohidov hindistonlik Arjun Ergaisiga 1,5:05 ko‘rinishida yo‘l berdi.

Jahon kubogida 3-bosqichgacha yetib kelgan ishtirokchilar qatorida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Abdusattorov va Vohidov 11 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot mablag‘ini qo‘lga kiritdi.

Hamyurtlarimizdan Javohir Sindorov 3-bosqich o‘yinlarini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. U gretsiyalik Nikolas Teodoruni chiroyli tarzda mag‘lubiyatga uchratdi. Birinchi uchrashuvda tomonlar murosaga kelgandi. Javohir ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 1,5:0,5 hisobida g‘alaba qozondi va 4-tur ishtirokchisiga aylandi.

2022 yilgi shaxmat Olimpiadasi g‘olibi, uch karra O‘zbekiston chempionligiga erishgan Nodirbek Yoqubboyev 3-turda yuz foizlik natijaga erishdi.

Yoqubboyevning 3-turda vetnamlik taniqli grossmeyster Tay Van Nguenni 3:1 hisobida dog‘da qoldirgani jahon kubogidagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri sifatida qayd etildi.

Bugun o‘tkaziladigan 4-bosqich 1-tur o‘yinida Javohir Sindorov xitoylik taniqli grossmeyster Yuy Yan’i bilan, Nodirbek Yoqubboyev hindistonlik Pranav bilan kuch sinashadi.

Jahon kubogi musobaqalari 26 noyabrga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shaxmat: Sindorov, Yoqubboyev keyingi bosqichda, Abdusattorov, Vohidov ishqibozlar qatorida