Oliy Majlis Senati kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.  Senat Raisi Tanzila Norboyeva olib borgan majlisda ta’kidlanganidek, yalpi majlis videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda o‘tkaziladi. Unda qator masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan.

Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlardan kelib chiqib, Senat hamda xalq deputatlari mahalliy kengashlari oldida turgan vazifalar ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, Suv kodeksini tasdiqlash, qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish, kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirishga oid muhim qonunlar muhokama qilinadi. 

Senatorlar tomonidan  zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish va yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga hamda jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonunlar ham ko‘rib chiqiladi. 

Bundan tashqari, yalpi majlisda sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga, qamoqqa olinganlarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldini olishga qaratilgan қонунларни ham muhokama qilish rejalashtirilmoqda. Ялпи majlis kun tartibi doirasida  Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman)ning,  Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani)ning 2024 yildagi faoliyati bo‘yicha hisobotlarini eshitish rejalashtirilgan.

Shuningdek, bir qator xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish, o‘zini o‘zi band qilish tartibida mehnat faoliyatini amalga oshirishning ayrim masalalari yuzasidan hukumatga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari to‘g‘risidagi masalalar ham majlis kun tartibidan o‘rin olgan.

Yalpi majlisda ko‘riladigan masalalar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning bosh mezoni – inson qadri hamda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini kafolatli ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning huquqiy-me’yoriy asoslarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Majlisda Senatning beshinchi yalpi majlisini 2025 yil 17 mart kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

N.Abduraimova, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Senatning navbatdagi yalpi majlisi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi