
Bugun, “Silk Road Samarkand” kongress markazida birinchi Samarqand iqlim forumi bo‘lib boshlandi. Samarqand iqlim forumi Forumda jahon yetakchilari, siyosatchilar, ekspertlar va faollar Markaziy Osiyo va dunyo duch kelayotgan dolzarb iqlim muammolarini muhokama qilishadi.
Tadbirning asosiy natijasi Samarqand forumining yakuniy hujjati — “Yashil” rivojlanishning Mintaqaviy konsepsiyasi taqdimoti bo‘lib, u iqlim o‘zgarishi sohasida Markaziy Osiyo davlatlarining yagona mintaqaviy qarashlarini shakllantirishga asos soladi. Unda yetakchi xalqaro tashkilotlarning mintaqadagi ekologik muammolarni hal qilish borasidagi yondashuvlari bayon qilinadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7rLMc1AwpX0" title="Samarqand yana bir katta forumga mezbonlik qilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Ziyovuddin NURIDDINOV, Anvarxo‘ja AHMEDOV (+video), O‘zA