Mamlakatimizning pragmatik va ochiqlikka asoslangan faol tashqi siyosati jahon hamjamiyati tomonidan ijobiy qabul qilinmoqda.

Ayniqsa so‘nggi yillarda O‘zbekiston tomonidan ilgari surilgan Markaziy Osiyo birligi g‘oyasi dunyoning yetakchi va mintaqaviy kuch markazlari tomonidan xalqaro darajada e’tirof etilgan “C5+” formatiga asos bo‘lib xizmat qildi, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvi” mintaqamiz yagona makon sifatida shakllanishi yo‘lida tashlangan muhim qadamdir. Shu asosda siyosiy, savdo-iqtisodiy va transport-logistika sohalarini yanada riojlantirish, mavjud muammolarini hal etish tashabbuslari amalga oshirilmoqda.

Ayni yo‘nalishda erishilgan natijalar borasida davlatimiz rahbari Samarqand sammitida quyidagi fikrni bildirdi:

– Umumiy siyosiy irodamiz tufayli barqaror va ortga qaytmas tus olgan Markaziy Osiyodagi chuqur transformatsiya jarayoni ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Markaziy Osiyoning ochiqligi, barcha sheriklar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyorligi mintaqada xavfsizlik va farovonlikni ta’minlashning eng muhim shartiga aylandi. Darhaqiqat, ushbu formatda amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat mintaqa, balki dunyoning yetakchi mamlakatlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Ilk bor tashkil etilgan ushbu tarixiy sammitda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish uchun yangi loyiha va tashabbuslar ilgari surildi.

Xususan, Prezidentimiz sammit global xavf-xatar, geosiyosiy ziddiyat, xavfsizlik muammosi, yirik mintaqaviy mojarolar hamda barqaror taraqqiyotga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy tahdid tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda tashkil etilganiga e’tibor qaratdi. Bunday konstruktiv, samarali uchrashuvlar ikki mintaqa manfaati yo‘lida sheriklikni chuqurlashtirishga nisbatan siyosiy iroda va qat’iyatimizni yana bir bor namoyon etayotganini ta’kidladi.

Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen yangi global to‘siqlar paydo bo‘layotgan, investitsiya qayta taqsimlanayotgan bir davrda sammit o‘ziga xos burilish nuqtasi sifatida namoyon bo‘lishini qayd etdi:

– Bugun Yevropa va Markaziy Osiyoni ko‘p asrlik Ipak yo‘li merosi yana birlashtirmoqda. Biz zamonaviy, uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish hayotiy zaruriyat, deb hisoblashimiz zarur.

Sammit davomida hech bir mintaqa keng xalqaro hamkorliksiz murakkab masalalarni mustaqil hal etishga qodir emasligiga e’tibor qaratildi. Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi umumiy tahdidlar – terrorizm, ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik, narkotrafik va kiber xavfga qarshi birga harakat qilishi lozimligi aytib o‘tildi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar Markaziy Osiyo bilan bir qatorda O‘zbekiston taraqqiyoti uchun ham juda muhim siyosiy voqelikdir.

Ishonch bilan aytish muminki, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan tashabbus va takliflar, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinchi sammiti doirasida qabul qilingan yakuniy xujjat – “Qo‘shma deklaratsiya” salmog‘ini yanada oshirib, muloqotning keyingi rivojiga xizmat qiladi.

Adhamjon Mamadjonov,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti

“Xalqaro munosabatlar kafedrasi” o‘qituvchisi

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqand sammiti mintaqalararo hamkorlikda yangi imkoniyat eshiklarini ochadi