
FOTOREPORTAJ
Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filialining Quvasoy shahar bo‘limi binosi ta’mirdan chiqarilib foydalanishga topshirildi.
“Tashabbusli byudjet” loyihasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan jamoa 4 100 ta ovoz to‘plab, 1 mlrd 360 mln so‘m mablag‘ga erishdi. Natijada “Independent Broker” korxonasi quruvchilari rekonstruksiya ishlarini bajardilar. Yakunda bu yerda aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
[gallery-22672]
Mazkur tez tibbiy yordam stansiyasi 8 ta tez tibbiy yordam brigada, 5 dona tez tibbiy yordam avtomobillari, 1 ta feldsherlik va 5 ta shifokorlar brigadasidan tashkil topgan malakali tibbiyot xodimlari hamda tezkor internet, telefon va radioaloqa tizimlari bilan ta’minlangan.
Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Sherzod Polvonov, Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoit G‘ofurov mahalliy hokimiyat mutasaddilari, tibbiyot xodimlari hamda jamoatchilik faollari ishtirok etdi. Mehmonlar yangi binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni yuqori baholadi.
Shuningdek, tadbirda zamonaviy elektromobilning taqdimoti ham o‘tkazildi. Bundan tashqari, Farg‘ona filiali xodimlarining tizimni rivojlantirishdagi innovatsion yechimlari ham namoyish qilindi. Ularning yordami bilan tibbiy yordam sohasidagi yangi texnologik va metodik yangiliklarni tatbiq etishni hamda samaradorlikni oshirishni maqsad qilingan.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA