O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari 2025 yil oktyabr oyi holatiga ko‘ra rekord darajaga yetdi — ularning umumiy hajmi 59,33 milliard dollarni tashkil etdi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, zaxiralar hajmining bunday o‘sishiga asosiy omil sifatida oltin narxining oshishi hamda mamlakat zaxiralarining ko‘payishi ko‘rsatilmoqda.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, oltin zaxiralari 47,85 milliard dollar, valyuta zaxiralari esa 10,91 milliard dollarni tashkil etgan.

Shu tariqa, joriy oy davomida zaxiralar miqdori 4,3 milliard dollarga oshgan. Oltn narxining o‘sishi mamlakat zaxiralariga qo‘shimcha 2,5 milliard dollar qiymat qo‘shgan.

Markaziy bank ta’kidlashicha, zaxiralar hajmining bunday o‘sishi mamlakatning moliyaviy barqarorligi va tashqi iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sh. Mamaturopova, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rekord daraja: O‘zbekiston zaxiralari 60 milliard dollar chegarasiga yaqinlashdi