
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga davlat tashrifi doirasida Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi fransuz hamkorlar bilan madaniy meros va ta’lim sohasida bir qator bitimlarni imzoladi.
Jamg‘arma raisi Gayane Umerova va Merosni muhofaza qilish xalqaro alyansi – ALIPH Kengashi raisi Bariza Hiari tomonidan imzolangan bitim qo‘shma restavratsiya loyihalari va merosni saqlashning ilg‘or usullaridan foydalanishga yo‘l ochadi.

Shuningdek, meros sohasidagi mutaxassislar uchun ta’lim dasturini ishga tushirish va Fransiyada amaliyot o‘tash imkonini beradi.
Jamg‘arma raisi o‘rinbosari va institut direktori tomonidan Fransiyaning Markaziy Osiyo tadqiqotlari instituti bilan imzolangan hujjatda noyob kitoblar va qo‘lyozmalarni saqlash bo‘yicha konferensiyalar, ta’lim dasturlari va loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.


B.Xudoyberdiyev, O‘zA