QNA, "Sharq", "Al-Arab" kabi taniqli nashrlarda "Qatar va O‘zbekiston parlament munosabatlarini mustahkamlaydi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.

Maqolada Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Qatar Sho‘ro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-G‘anim boshchiligidagi delegatsiya Oliy Majlis Senatiga tashrif buyurgani batafsil yoritilgan.

Nashrlar Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi parlamentlararo munosabatni yanada rivojlantirish masalasi muhokama qilinganiga urg‘u bergan.

Tomonlar Parlamentlararo do‘stlik guruhlari faoliyatini yanada jonlashtirish, oliy darajada erishilgan ikki tomonlama bitimlar ijrosini ta’minlash va qonunchilik sohasida tajriba almashishni davom ettirishga kelishib olgani ta’kidlangan.

Muallif Sho‘ro Kengashi Spikeri Janob Hasan bin Abdulloh Al-G‘anim O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi raisi Nuriddinjon Ismoilov bilan uchrashgani, muloqot davomida o‘zaro aloqalarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘llari ko‘rib chiqilgani shuningdek, umumiy manfaatdor boshqa qator mavzular ham ko‘tarilganiga e’tibor qaratgan.

M.Pirmatova, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qatar nashrlarida Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi tafsiloti