#topshiriq_va_ijro

Davlatimiz rahbarining “Mo‘g‘ulistonga oliy darajadagi tashrif davomida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov boshchiligidagi Ishchi guruh Mo‘g‘ulistonga xizmat safarida bo‘ldi.

Xizmat safari davomida dastlabki bosqichda Mo‘g‘ulistondan ming bosh “Bayad” zotli qo‘ylarni Navoiy viloyatida ko‘paytirish uchun O‘zbekistonga aviatransport orqali yuborildi.

Oktyabr oyi yakuniga qadar tizimli ravishda 60 ta reysda 50 ming bosh, noyabr-dekabr oylarida 50 ming bosh, jami 2025 yil yakuniga qadar 100 ming bosh qo‘ylarni yurtimizga olib kelish yuzasidan choralar belgilab olindi. 2026 yil davomida esa qo‘shimcha yana 100 ming bosh qo‘ylarni olib kelishni tashkil etish yuzasidan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.

Shuningdek, Mo‘g‘uliston Bosh vaziri o‘rinbosari S.Amarsayxan bilan muzokaralar o‘tkazilib, qo‘y va echkilarni Mo‘g‘ulistondan eksport qilishda davlat bojlarini 18 dollardan 7 dollarga tushirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident topshiriqlari amalda