Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash choralari har bir davlat xizmatchisi, har bir fuqaroga mas’uliyat yuklaydi.

Shundan kelib chiqib, joylarda, ayniqsa, davlat xizmatchilari o‘rtasida davlatimiz rahbarining korrupsiyaga barham berishga oid fikrlari tushuntirilishi asnosida shu yo‘nalishda qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlashdagi mas’uliyatga urg‘u berilmoqda.

Senat Raisi Tanzila Norboyeva Davlat boshqaruvi akademiyasida tinglovchilar bilan o‘tkazgan muloqotda korrupsiya illatini bartaraf qilishda "huquqiy bo‘shliq"ni to‘ldirish bo‘yicha fikr almashdi.  

– Qonunlarimiz ko‘p jihatdan korrupsiyaning oldini olishga, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi jarayonida inson omilini, uning aralashuvini kamaytirib, shu orqali poraxo‘rlikni yo‘q qilishga qaratilgan, - dedi T.Norboyeva. – Biroq, qonun osti hujjatlari, turli idoraviy qog‘ozlar orqali qonunni aylanib o‘tish holatlari mavjud. Bunga birgalikda barham berishimiz kerak.  

Ta’kidlandiki, bu boradagi ilmiy ishlar, aynan shu yo‘nalishdagi tadqiqotlarga katta ahamiyat berish lozim. Korrupsiyaviy holatlar ko‘p uchrayotgan sohalarni ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil qilib, uning "ichiga kirish" zarur.  

Ayniqsa, korrupsiyaning oldini olishdagi profilaktik choralar, korrupsiyaga moyillikni erta aniqlash juda muhim.  

Tadbirda tinglovchilarning takliflari va mulohazalari ham tinglandi. Poligraf texnik uskunasini keng joriy qilish taklifi bildirildi.  

Agar kadrlar aynan poligraf uskunasidan o‘tkazilib, uning ijobiy xulosasi orqaligina ishga qabul qilinsa, korrupsiyaviy holatlarni cheklashda ijobiy natijalarga erishish mumkin.  

Ma’lumot uchun aytib o‘tish kerakki, poligraf – maxsus psixologik tadqiqot o‘tkazuvchi uskuna bo‘lib, u orqali turli savollarga inson tanasining, nafas olishining, yurak-qon tomir tizimining reaksiyasini aniqlash imkoni bor. Uni xodimlarda korrupsiyaga moyillikni aniqlashda yoki istalgan kishining turli jinoyatlarni bajargani yoki bajarmaganini aniqlashda samarali qo‘llash mumkin.

Tadbirda tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

N.Abduraimova,

O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poraxo‘rlikni yo‘q qilish jamiyatning eng muhim maqsadiga aylandi