Markaziy Osiyo xalqaro instituti rahbari Javlon Vahobov va Varshavadagi M.Karp nomli Sharqshunoslik markazi direktori Voysex Kononchuk boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqotda Polshaning O‘zbekiston Respublikasidagi Muvaqqat ishlari vakili Marchin Vakar ham ishtirok etdi.

Muzokara chog‘ida MOXI direktori ikki institut ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘plab umumiy nuqtalar mavjudligi, ayni holat qo‘shma loyiha va tashabbuslar uchun keng imkoniyat ochishini ta’kidladi.

Tomonlar “Markaziy Osiyo + Yevropa Ittifoqi” sammitini ilmiy-ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi. Birgalikda ilmiy ish, ekspert forumlari va munozarali davra suhbatlari tashkil etish orqali hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Voysex Kononchuk mintaqaning global siyosiy-iqtisodiy jarayondagi o‘rni ortib borishi asnosida Polsha tahliliy doiralarining Markaziy Osiyo mamlakatlariga qiziqishi ortayotganini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida O‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Mazkur hujjat hamkorlarning muloqotni davom ettirish, sheriklikni ikki va ko‘p tomonlama shaklda kengaytirishga tayyorligini tasdiqladi.

1990 yil tashkil etilganM.Karp nomidagi Sharqshunoslik markazi (OSW) Markaziy va Sharqiy Yevropa, Bolqon, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy vaziyatni o‘rganishga ixtisoslashgan. Xalqaro munosabatlar va mintaqaviy tadqiqotlar sohasida bilim almashish, tahliliy salohiyatni kengaytirish maqsadida ko‘plab xalqaro tuzilmalar, tahlil markazlari va tadqiqot institutlari bilan faol hamkorlik qiladi.

G‘.Xonnazarov, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha Sharq tadqiqotlari markazi bilan hamkorlik o‘rnatildi