
-
Yangi O‘zbekistondagi demokratik islohotlarning umumbashariy e’tirofi ifodasidir
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva bilan suhbat
5-9 aprel kunlari mamlakatimiz eng nufuzli parlamentlararo anjumanga mezbonlik qiladi. Ayni damda dunyo nigohi davlatimizning parlament diplomatiyasidagi muvaffaqiyatlariga qaratilgan. Qariyb bir hafta mobaynida yurtimiz muhim geosiyosiy markaz, yirik xalqaro parlament tuzilmalarining teng huquqli a’zosi sifatida global muhokamalar maydoniga aylanadi.
190 ga yaqin mamlakat parlamentini birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi. Bu shunchaki oddiy anjuman emas. Mazkur xalqaro tadbirga mezbonlik uchun parlamentarizm va barqaror rivojlanishning ijobiy tajribasi yuqori bo‘lgan mamlakatlargina tanlanadi. Yurtimizning bunday e’tirofga sazovor bo‘lishi – quvonchli holat, bir vaqtning o‘zida katta mas’uliyat hamdir.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva bilan anjuman doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar, ularning mazmun-mohiyati, ahamiyati, O‘zbekiston uchun xalqaro maydonda ochilayotgan imkoniyatlar xususida suhbatlashdik.
– Parlamentlararo Ittifoq ассамблеяси фаолияти tarixiga nazar tashlasak, bu nufuzli tashkilot, eng avvalo, xalqchil hokimiyat va xalq dardiga quloq tutadigan davlatchilik masalalariga alohida e’tibor qaratib kelayotganini ko‘ramiz. Shu jihatdan assambleyaning yubiley anjumani aynan mamlakatimizda o‘tkazilayotgani bejiz bo‘lmasa kerak?
– Xabaringiz bor, O‘zbekistonning Parlamentlararo Ittifoqqa a’zoligi 2017 yilda qayta tiklandi. Oradan o‘tgan qisqa davr mobaynida mamlakatimiz parlamentarizm va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida muhim tajriba to‘pladi, amaldagi islohotlari bilan e’tirof etildi. Ayniqsa, bu boradagi yutuqlarimiz xalqaro tashkilotlar va qator xorijiy davlatlar tomonidan alohida e’tirof etilayotgani e’tiborga loyiq deb o‘ylayman.
Darhaqiqat, xalqaro ahamiyatga ega bunday nufuzli tadbirning aynan yurtimizda o‘tkazilayotgani o‘ziga xos ramziy ma’noga ega. Bu O‘zbekistonning demokratik boshqaruv yo‘lidan ishonch bilan ilgarilayotgani, siz ta’kidlagan xalqchil parlament tizimi va fuqarolik jamiyatining izchil taraqqiy etib borayotganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, bu tadbir mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan tan olinayotganining yaqqol tasdig‘idir.
Agar e’tibor beradigan bo‘lsak, Parlamentlararo Ittifoq faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri inson huquqlarini rag‘batlantirish va himoya qilishdir. Ayni пайтda mazkur yo‘nalish yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati bilan ham chambarchas bog‘liq. So‘nggi yillarda mamlakatimizda inson sha’ni va qadr-qimmati, huquq hamda erkinliklari, qonuniy manfaatlari eng oliy qadriyat sifatida belgilab olindi. «Odamlar tashvishi bilan yashash» tamoyili davlat siyosatining bosh mezoniga aylandi. Xalqimizning qonuniy talab va istaklarini amalga oshirish, fuqarolar irodasini hayotga tatbiq etish davlat organlari faoliyatini baholashning eng muhim mezoniga aylanmoqda. Barcha muhim qarorlar aholi ishtirokida, fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuv asosida qabul qilinmoqda.
Aynan shu jihatdan yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasining haqiqiy muallifi xalqning o‘zi ekanini yana bir bor eslab o‘tish o‘rinli. Bu esa fuqarolar xohish-irodasi islohotlar poydevori va uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganining yorqin isbotidir.
«Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir». Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 7-moddasida aks etgan ushbu norma orqali O‘zbekistonda xalq hokimiyatchiligi tamoyili, ya’ni suverenitet tashuvchisi va davlat hokimiyatining yagona manbai xalq ekani teran huquqiy mazmunda ifoda etilib, mustahkam qonuniy asosga ega bo‘ldi.
Yana shu moddada O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilishi to‘g‘risidagi norma ham belgilab qo‘yilgan. Hech shubhasiz, bu me’yorlar xalqimiz xohish-irodasi va insonlarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ham xizmat qiladi.
Bugungi kunda Parlamentimiz xalqning siyosiy irodasini ifoda etuvchi chinakam demokratik institut sifatida maydonga chiqmoqda. Uning faoliyati doimo Prezidentimiz diqqat markazida. Bu bejiz emas. Davlatimiz rahbari parlament ishini chuqur bilgan, 15 yil davomida deputat maqomida samarali faoliyat yuritgan inson sifatida uning har bir bosqichidan yaxshi xabardor.
Ayniqsa, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22 dekabr kuni Oliy Majlisga qilgan tarixiy Murojaatnomasidan so‘ng parlament faoliyatida mutlaqo yangi davr boshланди. Bugun esa parlamentning mamlakat siyosiy hayotidagi o‘rni va ta’sirini ochiq-oydin ko‘rib turibmiz. Bu, albatta, O‘zbekistonni rivojlantirishning yangi siyosiy yo‘lidagi ustuvor maqsad va vazifalarni amalga oshirishda keng jamoatchilik ishtiroki, ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlash uchun mustahkam zamin yaratdi.
Davlatimiz rahbari o‘tgan yillar davomida xalqaro parlament tashkilotlari hamda milliy parlamentlar rahbarlari bilan juda ko‘p bor uchrashdi, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish yo‘nalishida qator taklif va tashabbuslar bilan chiqdi. Forum va anjumanlarga doimiy ravishda tabrik yo‘llab, xorijiy davlatlarga rasmiy tashriflari chog‘ida ham parlament rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazishni an’anaga aylantirdi. Har tomonlama hamkorlikni qo‘llab-quvvatlayotgani, shubhasiz, O‘zbekiston parlamentining nufuzi va xalqaro maydondagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Bu sa’y-harakatlarning barchasi Prezidentimiz milliy parlamentarizm, uning rivojlanish salohiyati va davlat boshқарuвиdaги o‘rniga chuqur ishonch bilan yondashishining yorqin ifodasidir. Zero, davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, «Kuchli parlament va xalq vakillik organlari – Yangi O‘zbekistonning tayanchidir».
– E’tirofli jihati, Prezidentimizning taшабbuслари tufayli parlamentimizning xalqaro aloqalari geografiyasi izchil kengayib bormoqda. Bu orqali O‘zbekistonning milliy manfaatlarini jahon miqyosida himoya qilish uchun yangi, ravon va mustahkam yo‘l ochilayotganini ham alohida qayd etish lozim.
– Albatta, bugun xorijiy davlatlar parlamentlari bilan hamkorligimiz havas qilgulik darajada. Xalqaro parlamentlararo tashkilotlar faoliyatida Oliy Majlisning faol ishtiroki yaqqol sezilmoqda. Parlamentimiz xalqaro maydonda mamlakatimiz tashabbuslarini erkin va dadil ilgari surmoqda.
O‘tgan yillar mobaynida Oliy Majlisning xorijiy mamlakatlar parlamentlari bilan hamkorlik guruhlari va komissiyalari faoliyatini jonlantirish, amaliy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha qator samarali chora-tadbirlar olib borildi. Ushbu guruhlar O‘zbekistonning xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatimizdagi islohotlar haqida jahon hamjamiyatiga xolis va haqqoniy axborot yetkazish, shuningdek, xorijiy parlamentlar bilan tajriba almashish orqali o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi besh yilda amalga oshirilgan shiddatli, keng qamrovli va ta’sirchan islohotlar milliy parlamentarizm tizimining mustahkam poydevorini yaratdi.
– Keling, yana suhbatimizning bosh mavzusiga qaytsak. Yurtimizda bo‘lib o‘tadigan mazkur assambleya doirasida butun dunyo parlamentlari aholini ijtimoiy himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish, huquq ustuvorligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Muhokama etiladigan mavzular orasida gender tenglikni ta’minlash, ilm-fan va texnologiya, parlamentlar faoliyatida yoshlar o‘rni masalalari ham bor. Demak, gender tenglik bo‘yicha mamlakatimizning Osiyoda yetakchiligi, parlamentimiz faoliyatida yoshlarning ham roli va ishtiroki tobora mustahkamlanib borayotgani ushbu nufuzli tashkilot e’tirofida, shunday emasmi?
– Haq gapni aytdingiz. Parlamentlararo Ittifoq o‘z фаолиятиda gender tenglik va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Ushbu mavzular bu galgi yubiley assambleyasining kun tartibidan alohida joy olgan.
Mintaqamizda parlament sohasidagi bunday yirik va keng qamrovli tadbir ilk bor aynan O‘zbekistonda o‘tkazilayotgani bejiz emas. Bu, avvalo, O‘zbekiston parlamentining barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishdagi faol ishtiroki, parlament darajasida inson huquqlarini himoya qilish va gender tenglik masalalarini izchil ilgari surishi hamda Yoshlar parlamenti faoliyati orqali yoshlar qonun ijodkorligi jarayonlariga keng jalb etilayotgani bilan izohlanadi.
Siyosatda gender tenglik va yoshlar ishtirokini kengaytirish masalalari Parlamentlararo Ittifoq faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanini inobatga olsak, ushbu sohalarda erishilayotgan yutuqlarimiz bilan faxrlanishga to‘la asos bor. O‘zbekiston xotin-qizlarning qonunchilik jarayonlaridagi faol ishtirokini rag‘batlantirish, yoshlarni qonun ijodkorligiga jalb etish borasida xalqaro namunaga munosib tajriba shakllantirmoqda. Zero, bu yo‘nalishlar butun dunyodagi demokratik taraqqiyotning ajralmas qismi sifatida e’tirof etilmoqda.
Ma’lumki, dunyo hamjamiyatida 1997 yildan buyon Gender tenglik bo‘yicha maxsus dastur amal qilmoqda, uning doirasida dunyo parlamentlarida xotin-qizlar ishtiroki monitoringi olib borilmoqda. 2024 yilda dunyo bo‘yicha xotin-qizlar ulushi o‘rtacha 26,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa-da, mamlakatlar o‘rtasida bu ko‘rsatkichda hali ham katta tafovut kuzatilmoqda.
Bugungi kunda milliy parlamentimizda ayollar ulushi sezilarli darajada oshib, Senat a’zolarining 27 foizini, Qonunchilik palatasi deputatlarining 38 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Mazkur ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston Osiyo mintaqasidagi eng yuqori natijani qayd etganini Parlamentlararo Ittifoq ham e’tirof etdi. Yaqinda e’lon qilingan «Parlamentdagi ayollar: 1995-2025 yillar» nomli hisobotga ko‘ra, O‘zbekiston Osiyo mintaqasida eng yuqori ko‘rsatkichga, shuningdek, so‘nggi 30 yil ichida ayol deputatlar sonining o‘sishi bo‘yicha ham mintaqada yetakchi bo‘lib turibdi.
Shuningdek, Milliy parlamentlar bo‘yicha xalqaro reyting ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston parlamentdagi xotin-qizlar ulushi bo‘yicha 193 davlat orasida 49-o‘rindan 34-o‘ringa ko‘tarildi. Bu esa mamlakatimizda demokratiya va gender tengлигини ta’minlash yo‘nalishida erishilgan muhim yutuqlardan biridir.
Parlamentlararo Ittifoq parlamentlarni xotin-qizlar vakilligini oshirish bo‘yicha samarali mexanizmlar, jumladan, murabbiylik dasturlari va xotin-qizlarning siyosatdagi ishtiroki uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishni joriy etishga chaqiradi.
Aytish kerakki, hozirgi kunda ko‘plab mamlakatlar parlamentlarida yosh siyosatchilar yetarlicha vakillikka ega emas. Parlament faoliyatiga yosh yetakchilarni jalb etish, siyosatchilarning yangi avlodini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan taшабbuслар izchil davom ettirilmoqda. Ayniqsa, yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yoshlar masalasining alohida bob darajasiga ko‘tarilgani yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosatiga ustuvor ahamiyat berilayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Yoshlarning qonun ijodkorligidagi faol ishtiroki boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish, siyosiy jarayonlarni yanada ochiq va inklyuziv asosda tashkil etishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Assambleya doirasida yosh parlament a’zolarining global forumi va Xalqaro xotin-qizlar parlament forumi o‘tkazilishi kutilmoqda.
– O‘tgan yili Osiyo xotin-qizlari forumi doirasida Oliy Majlis Senati va Parlamentлараро Ittifoq hamkorligining amaliy jihatlari bo‘yicha qator takliflar ilgari surilgan edi. Ularning xalqaro anjuman doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar kun tartibidan joy olgani qanchalik muhim ahamiyatga ega?
– O‘tgan yilgi uchrashuvda muhokama etilgan qator masalalar o‘z dolzarbligi va xalqaro ahamiyati bilan ajralib turadi. Ushbu mavzular assambleyaning rasmiy kun tartibidan ham o‘rin oldi. Agar davlatimiz siyosatining boshqa mamlakatlar uchun o‘rnak bo‘la oladigan jihatlarini inobatga olsak, ushbu mavzular doirasi aynan ana shunday yutuq va tajribalarimizni jahon hamjamiyatiga ochib berishga xizmat qiladi.
Xususan, aholini ijtimoiy himoyalash, kambag‘allikni qisqartirish, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini ta’minlash, gender tenglikka rioya etish borasida erishilgan natijalar yurtimizning mazkur yo‘nalishda qanchalik jiddiy va izchil qadamlar tashlayotganini yaqqol tasdiqlaydi.
Ayniqsa, mamlakatimizda ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar e’tirofga munosib desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Haqiqatan, keyingi yillarda mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari bilan qamrab olish bo‘yicha tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.
«Kambag‘allikdan farovonlik sari» dasturi doirasida har bir fuqaroni o‘zi va farzandlari kelajagi uchun mas’uliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratish hamda ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish orqali oilalarning mehnat qilish imkoniyatini cheklovchi sabablarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yurtimizda ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimi yaratildi. Soha tubdan isloh qilinib, ijtimoiy yordamning aniq, maqsadli va manzilliligini ta’minlashga qaratilgan yangicha yondashuv va mexanizmlar joriy qilindi. Milliy qonunchilik bazasi mustahkamlandi, xalqaro standartlar asosida takomillashtirildi. Xalqaro tashkilotlarning 13 ta konvensiyasi ratifikatsiya qilindi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish Milliy strategiyasi, uning maqsadli indikatorlari belgilandi. Sohaning institutsional asoslari isloh etildi. Ijtimoiy himoya sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan yangi tuzilma – Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. Joylarda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari ish boshladi. Bu institutlar ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, ijtimoiy xizmat va yordamlarni kompleks yondashuv asosida ko‘rsatish, aholining og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish, ijtimoiy himoyaning manzilliligi va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Sohada keng ko‘lamli islohotlar boshlangan davrdan beri kambag‘allik darajasi deyarli 3 barobarga qisqardi (23 foizdan 8,9 foizgacha).
O‘zbekiston mazkur yo‘nalishdagi amaliy sa’y-harakatlari bilan ijtimoiy adolat va munosib mehnat tamoyillarini xalqaro doirada ham dadil ilgari surib kelmoqda.
BMT bosh kotibi tomonidan ilgari surilgan «Ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy himoya Global akseleratori» va Xalqaro mehnat tashkiloti bosh direktorining Ijtimoiy adolat uchun global koalitsiyasini tashkil etish kabi taшабbuслариda mamlakatimiz birinchilardan bo‘lib faol ishtirok etib kelmoqda.
Anjuman doirasidagi tadbirlarda bu borada batafsil fikrlar ilgari suriladi. Shu ma’noda, ijtimoiy taraqqiyotga erishish, adolatli jamiyatni barpo etishda parlamentlar ishtirokini kengaytirish va faolligini oshirish bilan bog‘liq masalalarning muhokama etilishi har tomonlama maqsadga muvofiqdir. Ular asosida yangi chora-tadbirlar, barcha davlatlar uchun birday manfaatli bo‘lgan, tegishli yo‘nalish bo‘yicha parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan amaliy takliflar, tavsiyalar ishlab chiqiladi va ular qabul qilinadigan yakuniy hujjatlarda o‘z ifodasini topadi.
– Mazkur anjumanda dunyoning 140 ga yaqin mamlakati, 15 ta kuzatuvchi davlat, shuningdek, 30 dan ortiq xalqaro va parlamentlararo tashkilotlardan ikki mingdan ortiq delegat ishtirok etishi kutilmoqda. Bu nafaqat juda yirik, balki tarixiy ahamiyatga ega voqeadir. Albatta, bu kabi yirik anjumanning yurtimizda o‘tkazilayotgani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida parlamentarizmning rivojlanishi, shu bilan birga, O‘zbekistonning ochiqlik va xalqaro hamkorlikka asoslangan yangi siyosiy yo‘lining yorqin ifodasidir...
– Ilgarilari biz dunyoga talpinar edik. Bugun esa ko‘z o‘ngimizda dunyo O‘zbekistonga talpinmoqda. Bu holat nafaqat quvonarli, balki har bir yurtdoshimizda faxr va hayajon tuyg‘usini yanada oshiradi. Buning yaqqol misoli sifatida so‘ngги uch yilda Samarqand shahri mezbonlik qilgan bir qator xalqaro anjumanlarni, shu jumladan, kuni kecha o‘tkazilgan «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti ham mintaqaning imiji, xalqaro miqyosdagi e’tirofi, deb ishonch bilan ayta olamiz.
5-9 apreldagi tadbirlar davomida ikki tomonlama uchrashuvlar, kelishuvlar, yo‘l xaritalari, xalqaro bitimlar, davlatlar va parlamentlar bilan O‘zbekiston rahbarining o‘zaro kelishuvlari belgilangan. Xalqaro shartnomalarning bajarilishida parlament ishtiroki masalalari ko‘rib chiqiladi.
Konferensiyada Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Turkiy davlatlar parlament assambleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo assambleyasi, Arab parlamentlararo ittifoqi, Yevropa parlamenti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti parlament ассамблеяси, Osiyo parlament assambleyasi, Afrika va Arab dunyosidagi parlament guruhlari va unga tenglashtirilgan kengashlar uyushmasi kabi qator nufuzli tashkilotlar rahbarlari, vakillari ishtirok etadi.
Shu o‘rinda qalbimdan ko‘tarilgan bir hisni aytmasam bo‘lmaydi. Biz shunday olijanob rahbarga ega ekanimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi. Bu iftixorga sabablar bisyor, albatta. Ammo aynan shu anjuman doirasida ro‘y berayotgan bir holatni sizlar bilan samimiyat ila o‘rtoqlashgim keldi. 7 aprel kuni Prezidentimiz tomonidan alohida chiqishlar rejalashtirilmoqda.
Qizig‘i shundaki, ushbu uchrashuv e’lon qilingach, ko‘plab mehmonlar, xorijiy parlamentlar va delegatsiya rahbarlari o‘z safar rejalarini o‘zgartirdi. Ular Prezidentimiz bilan shaxsan ko‘rishish, u kishining nutqini tinglash va bevosita muloqotda bo‘lish ishtiyoqida ekanliklarini bildirdi. Bu esa O‘zbekistonga bo‘lgan xalqaro ishonch, davlatimiz rahbari shaxsiyatiga nisbatan yuksak hurmat va ehtiromning yorqin ifodasidir.
Juda ko‘p xorijiy parlamentlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari Prezidentimiz bilan uchrashish istagini bildirdi. Ularning «Dunyoga quloch yoyib, shaxdam odimlayotgan yurtingiz rahbari bilan bevosita suhbatlashmoqchimiz, dilimizdagi tilaklarni shaxsan yetkazishni istaymiz», degan so‘zlari barchamizni to‘lqinlantirib yubordi.
– «Ijtimoiy rivojlanish va adolat uchun parlament harakati» shiori ostida bo‘lib o‘tadigan ushbu xalqaro anjuman mavzusi shaxsan Prezidentimiz taklifiga binoan tanlangan. Aynan shu borada, ya’ni ijtimoiy taraqqiyot, adolat va xalq manfaatlarini ifoda etishda parlamentning o‘rni borasidagi O‘zbekiston tajribasi butun dunyoga taqdim etilayotganining o‘zi katta faxrdir. Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: umuman olganda, bunday xalqaro anjumanlarning ahamiyati nimada?
– Fikrimni bayon etishdan oldin sizning savolingizga yana bir savol bilan javob berishni istardim: bunday xalqaro tadbirlar O‘zbekistonga nima beradi? Aytish lozimki, bu nafaqat yurtimiz, balki butun Markaziy Osiyo uchun faxrli va strategik jarayondir. Zero, biz bugun faqat milliy emas, balki mintaqaviy miqyosda dolzarblik kasb etayotgan muammo va masalalarga yuz tutayotgan mamlakatga aylandik.
Mana, yaqinda – 31 mart kuni O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston Prezidentlari Xo‘jand shahrida uchrashib, uch davlat chegarasining tutash nuqtasiga oid shartnomani imzoladi. Bu hujjat nafaqat davlatlararo ishonchni, balki mintaqa kelajagiga bo‘lgan umumiy qarashni ham ifoda etadi. Shu haftadagi yana bir muhim voqea – Samarqandda bo‘lib o‘tgan «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti. Uning doirasida mintaqa davlatlari rahbarlari va YeI yetakchilari uchrashib, o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan.
Bunday tashabbus va uchrashuvlar – azaliy orzu-umidlarimizning amaliy ifodasi. Bu jarayonlarda mintaqa xalqlari nafaqat tomoshabin, balki siyosiy sub’ekt sifatida qatnashmoqda. Markaziy Osiyo dunyo oldida o‘z yuzi, o‘z so‘zi va o‘z yo‘li bilan namoyon bo‘lmoqda. Bu uning yangi o‘zligi shakllanayotganidan dalolat beradi.
150-assambleya umumiy mavzusiga kelsak, «Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati» degan shior ostida kambag‘allikni qisqartirish, munosib mehnat, ijtimoiy integratsiya va aholining qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini kengaytirish kabi ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilinishi bilan ahamiyatlidir. Sababi keyingi yillarda dunyoda yuz berayotgan turli global muammolar tufayli ko‘plab mamlakatlarda kambag‘allik va tengsizlik kuchayib bormoqda. Yuzaga kelgan vaziyat ijtimoiy adolatni ta’minlashga qaratilgan zarur choralarni belgilab olish va ularni amalga oshirishning aniq, samarali mexanizmlarini tubdan takomillashtirishni taqozo etmoqda.
Yana bir fakt: assambleya doirasida qariyb 80 ta tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda va ularning har birida bugungi kun uchun dolzarb bo‘lgan mintaqaviy va xalqaro masalalar ko‘rib chiqiladi.
Assambleyaning yalpi majlislari, ixtisoslashgan organlari yig‘ilishlaridagi muhokamalar, ilgari suriladigan ilg‘or g‘oya va tashabbuslar, qabul qilinadigan hujjatlar mana shu masalalarga mamlakatlar parlamentlari e’tiborini kuchaytirish imkonini beradi.
– Tanzila Kamolovna, bilishimizcha, bu nufuzli sessiyani boshqarish, ya’ni unga raislik qilish sizga yuklatilmoqda. Sir bo‘lmasa, 150-yubiley assambleya qaysi tilda olib boriladi? O‘zbekiston Senati rahbari sessiyani qaysi tilda olib borishi hammani qiziqtiradi, albatta...
– Bilasizmi, buni aytish, bu savolga javob berish menga juda katta faxr va g‘urur bag‘ishlaydi. Men sessiyalarni o‘zbek tilida olib bormoqchiman! Albatta, parlament ishi 12 tilga tarjima qilinadi. Bu tashkiliy ishlar yuqori saviyada bajariladi. Biz Prezidentimiz BMT minbarida o‘zbek tilida nutq so‘zlaganida qanchalik g‘ururlangan edik. Bu yubiley sessiya ham o‘zbek tilida boshqariladi. Bu shaxsan mening hayotimda ham juda katta iz qoldiradigan voqea bo‘ladi. Bir o‘zbek farzandi, o‘zbek ayoli, shu yurtning, o‘zbek millatining vakili sifatida menga ulkan iftixor bag‘ishlaydi...
– Albatta, mazkur xalqaro anjuman shu yurt fuqarosi sifatida har birimiz uchun muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Anjuman ishida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!
Husan ERMATOV suhbatlashdi.