Bugun axborot tezlik bilan tarqalayotgan, telefon qo‘ng‘irog‘idan to internet orqali suhbatgacha bo‘lgan har bir daqiqa xavfsizlikni talab etadigan davrda yashayapmiz. Shu bois, kiberxavfsizlikni ta’minlash faqat mutaxassislarning emas, balki har bir foydalanuvchining manfaatiga daxldor masalaga aylangan.

Shu bois, Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirilayotgan xizmat safari doirasida raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov «Ribbon Communications» kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Brus MakKlelland, shuningdek, kompaniyaning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha prezidenti Leon Tilevich bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida tomonlar telekommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda kiberxavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, "Ribbon Communications" — bu ilg‘or telekommunikatsiya va bulutli yechimlar taqdim etuvchi xalqaro kompaniya bo‘lib, ovoz, ma’lumot va xavfsiz aloqa infratuzilmalari uchun innovatsion texnologiyalar yaratadi hamda dunyo bo‘ylab yirik operatorlar va korxonalarga xizmat ko‘rsatadi.

Ushbu hujjat doirasida «O‘zbektelekom» tarmoqlarida antispufing tizimini joriy etish, shuningdek, zamonaviy kiberxavfsizlik yechimlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish bo‘yicha qadamlar belgilab olindi.

Mazkur kelishuv raqamli makonda xavfsizlikni ta’minlash, axborot almashinuvida ishonchli muhit yaratish va zamonaviy yechimlarni amaliyotga joriy etish yo‘lida yangi bosqichni boshlab berishi kutilmoqda.

Nigora Rahmonova,

O‘zA

Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«O‘zbektelekom» AQSH kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi