Yangicha integratsiya — O‘zbekiston turkiy davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish tarafdori. Samarqand deklaratsiyasi va “Turkiy dunyo nigohi – 2040” strategiyasi doirasida umumiy iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalarga o‘tish belgilab qo‘yilgan.

Iqtisodiyot va transport —Turkiy investitsiya jamg‘armasi va transport “yo‘l xaritasi” tashkilotning amaliy rivojiga yo‘l ochdi. O‘zbekiston Transkaspiy yo‘lak orqali mintaqa davlatlarini bog‘lash g‘oyasini ilgari surmoqda.

Gumanitar sohada yaqinlashuv — O‘zbekiston ta’lim, madaniyat, fan va yoshlar siyosati sohalaridagi hamkorlikni yanada kuchaytirish tarafdori. Buxoroni Turkiy yoshlar poytaxti sifatida e’tirof etilishi bunga yaqqol misoldir.

Tinchlik va barqarorlik — Gabala sammiti mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. O‘zaro bog‘liqlik va manfaatlar asosida barqaror tinchlikni mustahkamlash O‘zbekistonning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Liderlik va izchillik — O‘zbekiston so‘nggi yillarda Turkiy integratsiya jarayonida yetakchi kuchga aylandi. Prezident Mirziyoyev ishtirokidagi sammitlar aniq tashabbus va qarorlari bilan tashkilot rivojiga hissa qo‘shmoqda.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotidagi ustuvor yo‘nalishlari