O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Davlat rahbarlari ikki va ko‘p tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. 

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar