Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirio‘rinbosari - iqtisodiyat va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov hamda Jahon bankining operatsiyalar bo‘yicha boshqaruvchi direktori Anna Berde boshchiligidagi delegatsiya a’zolari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida tomonlar jahon iqtisodiyotidagi so‘nggi tendensiyalar, mamlakat iqtisodiy o‘sishining barqarorligi va unga ta’sir etuvchi omillar, shu jumladan, sun’iy intellektdan samarali foydalanish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish va xalqaro savdoda Jahon savdo tashkilotining o‘rni haqida atroflicha fikr almashdi. 

Ayniqsa, infratuzilma, sog‘liqni saqlash, turizm, qishloq xo‘jaligi va sanoat sohalarida sifatli ish o‘rinlarini yaratish ustuvor vazifalardan biri ekanligi alohida qayd etildi.  Shuningdek, O‘zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, byudjet siyosati samaradorligini oshirish, inflyatsiya darajasini maqsadli ko‘rsatkichlarda ushlab turish, davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari, davlat korxonalarini transformatsiya qilish, xususiylashtirish jarayonlari, energiya samaradorligini oshirish, yashil vabarqaror issiqlik tizimini shakllantirish hamda transport-logistika tizimini rivojlantirish kabi yo‘nalishlar ham muhokama markazida bo‘ldi.  

Jahon banki vakillari O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy o‘sish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga yuqori baho berdi.  Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, yuqorida tilga olingan sohalarda fikr va tajriba almashuvini kengaytirish hamda umumiy maqsadlarga erishish uchun tizimli va samarali hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda