Oliy Majlis Senatiga Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi A.Ogorodnikov tashrif buyurdi.

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Mamatkarimov bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalaridagi hamkorlik muhokama qilindi.  

Ikki mamlakat o‘rtasidagi yillik savdo aylanmasi 600 million AQSH dollaridan oshgani ta’kidlandi.

Belarus elchisi Minskda o‘tkazilgan birinchi Belarus -O‘zbekiston turistik forumi haqida ma’lumot berib, joriy yilda Toshkentda ikkinchi forum o‘tkazilishi rejalashtirilganini qayd etdi. Shuningdek, shu yilning 20-21 avgust kunlari Vitebsk shahrida uchinchi Belarus - O‘zbekiston ayollar forumi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.

Uchrashuvda 5-9 aprel kunlari Toshkentda Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi o‘tkazilishi va unda 190 ga yaqin davlatdan 2 mingga yaqin parlament a’zolari ishtirok etishi muhokama qilindi. Belarus delegatsiyasi mazkur tadbirda yuqori darajada qatnashishi ma’lum qilindi.  

N.Abduraimova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston va Belarus: o‘zaro savdo aylanmasi 600 million dollardan oshgan