Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan  Jahon atom haftaligi  doirasida O‘zbekiston va Rossiya davlatlari o‘rtasida ikkita strategik bitimni imzolash marosimi o‘tkazildi.

“O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmedxo‘jayevning qayd etishicha,  mazkur kelishuv "Rosatom energetika loyihalari" AJ va "AES qurilishi direktoriyasi" DK o‘rtasidagi 2025 yil 20 iyundagi bitimga O‘zbekiston Respublikasida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasini qurish loyihasini amalga oshirishning asosiy shartlari to‘g‘risidagi qo‘shimcha hujjatdir.

U 3+ avloddagi 2 ta “VVER-1000” reaktorlari va 2 ta “RITM-200N” reaktorlari asosida kichik va katta quvvatli atom stansiyalaridan iborat integratsiyalashgan AES qurilishi loyihasining konfiguratsiyasini belgilashni ko‘zda tutadi.

 Ikkinchi hujjat esa "Rosatom energetika loyihalari" AJ va "AES qurilishi direktoriyasi" DK o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida kichik quvvatli atom elektr stansiyasi va katta quvvatli atom elektr stansiyasi uchun yadro yoqilg‘isini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarning asosiy shartlari to‘g‘risidagi bitimdir.

Bitim imzolovchilar o‘rtasida “RITM-200N” va “VVER-1000” reaktor qurilmalari uchun yadro yoqilg‘isi, shuningdek, ehtiyot qismlarni yetkazib berish bo‘yicha asosiy kelishuvlarni mustahkamlaydi.

Tadbir yakunida “O‘zatom” agentligi direktori Azim Ahmedxo‘jayev OAV vakillariga intervyu berar ekan, Jizzax viloyatida misli ko‘rilmagan energetika loyihasining tatbiq etilishini qayd etdi.

– Markaziy Osiyoda atom energetikasini rivojlantirishda peshqadam sifatida nafaqat mintaqada birinchi stansiyani quramiz, balki birinchi bo‘lib kelajakning innovatsion yechimini yaratamiz. Bizning loyihamiz kichik modulli stansiyalaring ilg‘or texnologiyalari va katta quvvatli klassik atom energetikasining vaqt sinovidan o‘tgan yechimlari birikmasidir, – dedi A.Ahmedxo‘jayev.

Nasiba Ziyodullayeva, 

Muqimjon Qodirov (surat), 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston-Rossiya: AES qurilishi bo‘yicha hujjatlar imzolandi