O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 aprel kuni mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Vetnam Milliy majlisi Raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat avvalida delegatsiya rahbari O‘zbekiston yetakchisiga Vetnam Kommunistik partiyasi Bosh kotibi To Lam, Prezidenti Luong Kuong va Bosh vaziri Fam Min Tinning salomini yetkazdi.

O‘zbekiston bilan Vetnam o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida yanada rivojlantirish masalalari batafsil ko‘rib chiqildi.

Hukumatlararo va idoralararo muloqotlarga tizimli tus berish zarurligi qayd etildi. Joriy yilda Xanoy shahrida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumini samarali o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Yangi loyihalarni ilgari surish uchun energetika, geologiya, neft-kimyo, elektrotexnika, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarda sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha kompleks dastur tayyorlashga kelishib olindi.

Madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni, shu jumladan vizasiz tartibni joriy qilish orqali rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Qo‘shma tashabbuslarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida parlamentlararo muloqotni faollashtirishga ahdlashib olindi.

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston Prezidenti Vetnam bilan amaliy sheriklikni kengaytirish muhimligini qayd etdi