Xabar berganimizdek, Shanxay shahrida dunyodagi eng yirik import ko‘rgazmasi — China International Import Expo (CIIE 2025) bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro ko‘rgazma jahon iqtisodiyotidagi eng nufuzli tadbirlardan biri sifatida e’tirof etildi.  

Bu yilgi ko‘rgazmada dunyo mamlakatlaridan yuzlab kompaniyalar, ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar o‘z mahsulot va innovatsiyalarini namoyish etdi. Ushbu nufuzli maydonda O‘zbekiston ham munosib qatnashdi.  

O‘zbekiston pavilonida mamlakatning iqtisodiy salohiyati, eksportbop mahsulotlari va yangi texnologiyalari keng yoritildi.  

Xususan, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat, oziq-ovqat ishlab chiqarish, turizm hamda axborot texnologiyalari sohalaridagi ishlanmalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.  

Bundan tashqari pavilonda mehmonlar uchun milliy madaniyat va an’analarni aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etildi. O‘zbekiston pavilonining zamonaviy va milliy uslubga yo‘g‘rilgan dizayni, muvofiqlashgan ranglari hamda ichki jihozlanishi boshqa pavilonlardan keskin farq qiladi.  

Pavilonning tashqi qismida milliy naqshlar, hunarmandchilik an’analari va zamonaviy arxitektura yechimlari uyg‘unlashtirilgan. Mehmonlar O‘zbekiston pavilonini nafaqat dizayn, balki iliq muhit va mehmondo‘stlik uchun ham eng yorqin nuqta sifatida ta’kidladi.  

Ko‘plab tashrif buyuruvchilar o‘z taassurotlarida “O‘zbekiston paviloni — ko‘rgazmaning yuragi” deb atadi.  

Qayd etish lozimki,  bu kabi nufuzli xalqaro maydonlarda O‘zbekistonning samarali ishtirok etishi nafaqat mamlakatimizning iqtisodiy salohiyatini ko‘rsatadi, balki investitsiyaviy va savdo imkoniyatlarini kengaytiradi.  

Shanxaydagi ko‘rgazma orqali O‘zbekiston o‘z mahsulotlarini dunyo bozoriga yaqinlashtirdi va tashqi hamkorlikni yanada mustahkamlamoqda. Bu esa kelajakda yangi loyihalar, innovatsiyalar va eksport salohiyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/FyamzXZO6C8?si=2QbD7q4z1eVJvjFN" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva, Iskandar Ismatov, O‘zA

Xitoy, Shanxay

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘zbekiston paviloni — CIIE 2025ning eng yorqin nuqtasi sifatida e’tirof etildi (+video)