
Poytaxtimizdagi «Universal horses stables» ot sporti klubida "O‘zbekiston global tur-2025" musobaqasining III bosqich bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Namangan, Farg‘ona, Andijon, Sirdaryo, Buxoro va Toshkent shahri chavandozlari 135 sm., 120 sm., 115 sm., 110 sm., 105 sm., 95 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tishda o‘z mahoratini namoyish etdilar.
Hakamlar hay’atining yakdil qaroriga asosan, g‘olib va sovrindorlar nomi e’lon qilindi.
Oqil Sobirjonov, Saidamirxon Turg‘unboyev, Dilshod Shokirov, Mila Isroilova, Asal Saidova, Mumtozbegim Hakimova, Ne’mat Ismoilov va Jasurbek Hotambekov kabi sportchilar mahorat bobida tengsiz ekanligini isbotlab, g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.
III bosqich g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
[gallery-22287]
Muhammad AMIN (surat), O‘zA