Poytaxtimizdagi «Universal horses stables» ot sporti klubida to‘siqlardan sakrab o‘tish bo‘yicha mamlakat chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Bahslarda Namangan, Farg‘ona, Andijon, Sirdaryo, Buxoro, Toshkent viloyati va poytaxt chavandozlari  o‘z mahoratini namoyish etdi.

Bellashuvlar natijasiga ko‘ra, «A» guruhida Xurshid Olimjonov g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi. Keyingi o‘rinlar Oqil Sobirjonov hamda Behzod Qurbonovga nasib etdi. «B» guruhida ham Xurshid Olimjonov mahorat bobida tengsiz ekanligini namoyon etib, 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rin Ashrafxon Nig‘matovga, 3-o‘rin esa Behzod Ro‘zmuhammedovga loyiq ko‘rildi. «D» guruhida g‘oliblikni Alisher Erkinov egalladi. Keyingi o‘rinlarni Dilshod Shokirov va Xurshid Olimjonov qo‘lga kiritdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan ta’sis etilgan kubok, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Chempionat doirasida O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi nogironligi bo‘lgan bolalarni klubga taklif etdi. Bir piyola choy ustida chavandozlar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi. So‘ngra imkoniyati cheklangan bolalar klub faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Mehmonlarga federatsiya tomonidan esdalik sovg‘alari ulashildi.

[gallery-22675]

         O‘zA fotomuxbiri

Muhammad AMIN olgan suratlar.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ot sporti bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatidan fotoreportaj