Davlatimiz rahbarining qaroriga ko‘ra, Orolbo‘yi mintaqasida qulay tabiiy muhit yaratish, hududning noyob madaniyati va tarixiy merosini asrab-avaylash hamda keng ommalashtirish, ushbu yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsion loyihalar va ijodiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlik va muloqotni yanada kengaytirish maqsadida joriy yildan boshlab har o‘n sakkiz oyda – bahor yoki kuz fasllarida Orol madaniyat sammitini o‘tkazish belgilandi.

Ta’kidlash lozimki, mazkur tashabbus Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2023 yil 22-24 mart kunlari Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan suv resurslariga bag‘ishlangan konferensiyasida mamlakatimiz tomonidan ilgari surilgan va ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlangandi.  

– Mazkur loyiha Orolbo‘yida va dunyoning boshqa mintaqalarida yuzaga kelgan ekologik muammolarni muhokama qilish hamda oqilona yechimlarni taqdim etish uchun o‘ziga xos global platforma bo‘ladi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi a’zosi Bekmirza Eshmirzayev. – Bu orqali Orolbo‘yi muammolarini hal etishda fanlararo yondashuvni rivojlantirish, barqaror yechimlar va strategiyalar yaratishga qaratilgan ta’lim dasturi asosida Orol maktabini tashkil etish, yetakchi mahalliy va xorijiy mutaxassislar hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda Orolbo‘yi mintaqasida suv va tuproq tadqiqotlari olib borish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Orolbo‘yi hududining tuproq va iqlim sharoitiga mos bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini o‘rganishga ixtisoslashgan laboratoriya platformasini yaratish hamda uni mazkur yo‘nalishda amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlarning o‘quv-amaliyot maydoniga aylantirish, mintaqada asrlar davomida shakllangan noyob madaniyat va an’analarni saqlash, himoya qilish va keng ommalashtirish, xalqaro miqyosda doimiy muloqotlar, seminarlar tashkil etish belgilangan. Umuman, Orol madaniyatini targ‘ib etish bilan dunyo ahlining nigohi mazkur hududga, bu yerdagi ekologik muammolarga qaratiladi.

Birinchi Orol madaniyat sammiti 4-5 aprel kunlari Samarqandda yuqori saviyada o‘tkazilgan iqlim forumiga uyg‘un holda  Samarqand va Nukus shaharlarida  tashkil etildi.

Jumladan, Samarqanddagi Orol madaniyat sammiti ekspozitsiyasida Orol ekotizimini tiklash, hududning madaniy merosini asrab-avaylash va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishga qaratilgan noyob tashabbuslar namoyish etildi. Bu yerda vizual, sensor va interfaol vositalar orqali Orolbo‘yining tabiiy va madaniy boyligi bilan tanishish imkoniyati yaratildi.  

Ko‘rgazmadan me’morchilik va landshaft fotografiyasiga ixtisoslashgan mashhur fotosuratchi Ivan Baanning asarlari, Qoraqalpog‘iston uchun xos o‘simlik hisoblangan qamishdan yaratilgan floristik kompozitsiya, shuningdek, Orolbo‘yining an’anaviy mahsulotlari – saksovul urug‘i, chig‘anoqlar, tabiiy tuz, quritilgan isiriq, naqshli namat va boshqa ko‘plab eksponatlar o‘rin oldi.  

[gallery-22683]

Iqlim forumi qatnashchilari, xususun, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa ittifoqi rahbarlari ham mazkur ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdi. Ikki kun davomida xalqaro va mahalliy ekspertlar, ekolog olimlar, soha mutaxassislari har bir eksponat bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lish bilan birga Orol va ushbu mintaqaning o‘tmishi, bugungi kuni bilan ham yaqindan tanishdi.

G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari

Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orol madaniyati sammiti mintaqa haqidagi tasavvurlarni boyitdi